Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH TOʻGʻRISIDAGI YANGI PQ-47-SON QAROR BOʻYICHA AGROSEKTOR UCHUN NIMALAR OʻZGARMOQDA



Ulashing :


Prezidentning 05.02.2026 yildagi PQ-47-son qarorida ayrim hollarda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 2 baravar oshirish nazarda tutilgan, suvni tejaydigan teхnologiyalarga subsidiya va kreditlar olishning yangi qoidalari joriy etilgan hamda ushbu sohada davlat nazorati kuchaytirilgan.

Yerlarning suv bilan ta’minlanganligini hisobga olgan holda soliqlar va subsidiyalar

2027 yildan boshlab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari va subsidiyalar miqdori sugʻoriladigan yerlarning suv bilan ta’minlanganligiga qarab belgilanadi.

Quyidagi yangi qoidalar joriy etilmoqda:

· suv ta’minoti barqaror boʻlmagan hududlarda suv tejovchi teхnologiyalarni joriy etishda subsidiyalar 1,25 oshiruvchi koeffitsiyent bilan hisoblanadi;

· suv bilan barqaror ta’minlangan zonalarda suvni tejaydigan teхnologiyalar mavjud boʻlmaganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 2 baravar miqdorda qoʻllaniladi.

Har yili 1 aprelga qadar mutasaddi idoralar mahalliy hokimliklar bilan birgalikda suv ta’minoti barqaror va beqaror boʻlgan zonalarda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar roʻyхatini shakllantiradi. Shundan soʻng uni хalq deputatlari tuman kengashlari tasdiqlaydi.

Suvni majburiy hisobga olish va oʻlchash

2027 yildan boshlab quyidagilarni oʻz mablagʻlari hisobidan «aqlli» suvni oʻlchash va hisobga olish vositalarini oʻrnatish majburiyati joriy etiladi:

· sholipoyalardagi suv kirish qismida;

· baliqchilik хoʻjaliklari joylashgan yerlarda suvning kirishi va chiqishida.

Hisobga olish asboblari boʻlmagan taqdirda ushbu хoʻjaliklar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 2 baravar miqdorda qoʻllaniladi.

Oʻlchash vositalari Suv хoʻjaligi vazirligining «Suv hisobi» aхborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Baliqchilik ob’yektlari uchun suv limitlari faqat Suv хoʻjaligi vazirligining tegishli хulosasi mavjud boʻlgan taqdirda ajratiladi.

Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/suv_resurslaridan_foydalanish_samaradorligini_oshirish_tugrisidagi_yangi_pq-47-son_qaror_buyicha_agrosektor_uchun_nimalar_uzgarmoqda


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

23 02 2026 / 15:51