Yangi tashkil etilayotgan O‘quv markazlari uyushmasiga 100 mln dollar
mablag‘ jalb etish rejalashtirilmoqda, dedi prezident. Ushbu mablag‘lar
tadbirkorlar uchun arzon kreditlar, subsidiya va ijara xarajatlarini
kompensatsiyalashga yo‘naltiriladi.
Tashkil etilayotgan O‘quv markazlari
uyushmasiga 2026-yilda 100 million dollar jalb etish rejalashtirilmoqda. Bu
haqda 27-fevral kuni Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda Shavkat
Mirziyoyev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘lar o‘quv
markazlari ochish istagida bo‘lgan tadbirkorlarga arzon kreditlar, subsidiyalar
va binolar ijara to‘lovi uchun kompensatsiya shaklida yo‘naltiriladi.
Shavkat Mirziyoyev 24-fevral kuni yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot
chog‘ida yosh tadbirkorlarning O‘quv markazlari uyushmasini tashkil etish
haqidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlagandi. Ushbu birlashma a’zolariga binolarni ijaraga beruvchi tadbirkorlar
ijaradan olinadigan daromad solig‘i va foyda solig‘idan ozod etiladi.
Bunday markazlar o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari
hisobidan AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya va boshqa
mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalariga stajirovkaga yuborish taklif
etilmoqda.
Ta’lim sohasi bo‘yicha ekspert Komil Jalilov O‘quv markazlari uyushmasini
tashkil etish tashabbusini “xavotirli signal” deb atadi. Uning fikricha, davlatning
ushbu sohaga aralashuvi raqobat va ta’lim sifatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.
gazeta.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
04 03 2026 / 16:06