Joriy yilning 30 yanvar kuni Xitoy Xalq
Respublikasining Shanxay shahrida Asaka Motors International, SAIC Motor
International va MAC Trading FZE o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining
Sirdaryo viloyatida MG brendi ostida zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarish
va distributsiya qilish bo‘yicha uzoq muddatli strategik hamkorlik shartnomasi
imzolandi.
Shu bilan birga,
ushbu voqea Asaka Motors International'ning navbatdagi yirik xalqaro ishlab
chiqaruvchilardan biri hamda global distributsiya sohasida katta tajribaga ega
MAC Trading FZE bilan hamkorlikni mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.
Erishilgan kelishuvlar doirasida 2026 yilning aprel
oyida MG brendining 4 ta modelini ishlab chiqarish va savdosini yo‘lga qo‘yish
ko‘zda tutilgan. Joriy yilning iyul oyida modellar qatori 6 taga yetkaziladi.
Qolaversa, kelgusida iste’molchilar tanlovidan kelib chiqqan holda 2 ta model
to‘laqonli sanoat ishlab chiqarishiga (payvandlash, bo‘yoqlash va yig‘ish)
o‘tkaziladi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Asaka Motors
International bugungi kunda 30 gektar maydonda yillik 150 ming dona avtomobil
ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi zavod qurilishini amalga oshirmoqda. Loyihaga
rejalashtirilgan investitsiya hajmi 129 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Loyiha 2026 yilning IV choragida ishga tushiriladi.
Loyihaning
amalga oshirilishi mahalliy avtomobil sanoatini rivojlantirishga salmoqli hissa
qo‘shadi. Shu bilan birga, 3000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
kun.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
05 03 2026 / 11:35