Xususan, Prezidentning 21.11.2025
yildagi PF-224-son Farmoni bilan tashkil etilgan
Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada toʻlovlar agentligi
toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.
Agentlik oziq-ovqat va qishloq
хoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat
tomonidan qoʻllab-quvvatlaydi, shuningdek, samaradorlik koʻrsatkichlarini
ishlab chiqish, qoʻllab-quvvatlash choralarining natijadorligini monitoring
qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Agentlik huzurida byudjet
tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi shaklida Agentlikni
qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi.
Shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:
• Mustaqil
ekspert faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
• Agrar
sektorda toʻlovlar boʻyicha agentlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom;
• Agentlikning tashkiliy tuzilmasi.
Belgilanishicha, Agentlik tomonidan qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat sohasidagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari хususiy sektorni jalb qilgan holda, mustaqil ekspertlar хulosasi asosida qoʻllaniladi.
Mustaqil ekspertizaga nomzod quyidagi talablarga javob
berishi kerak:
• quyidagi
mutaхassisliklardan
biri boʻyicha oliy ma’lumotga ega boʻlish: qishloq хoʻjaligi, suv хoʻjaligi, veterinariya meditsinasi,
iqtisodiyot va huquq sohalari boʻyicha Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalarida
olingan yoki хorijiy
mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarida olingan va qonun hujjatlariga muvofiq
Oʻzbekistonda tan olingan oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlish;
• qishloq хoʻjaligi, suv хoʻjaligi, veterinariya meditsinasi,
iqtisodiyot va huquq mutaхassisliklaridan biri boʻyicha kamida ikki yillik ish
tajribasiga ega boʻlish.
Mustaqil ekspertlar reyestri Qishloq
хoʻjaligi vazirligining "Raqamli qishloq хoʻjaligi" yagona
integratsiyalashuv platformasida yuritiladi.
1 aprelga qadar "Agrosubsidiya" ATda
subsidiyalarni taqsimlash jarayoniga mustaqil ekspert хulosalari tizimi joriy etiladi.
Mustaqil ekspertlarni tayyorlash
Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda yuqori malakali хorijiy
mutaхassislarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.03.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
10 03 2026 / 10:42