Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Davlat tomonidan teri-poyabzal tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash hajmi ortmoqda



Ulashing :


Davlat tomonidan teri-poyabzal tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash hajmi ortmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) – Oliy Majlis Senati 26 iyundagi yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish kiritdi.

Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davrida qabul qilingan qarorlarning ijrosi, ustuvor vazifalar va tasdiqlangan dasturlarning bajarilishi qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini talab etishi ta’kidlandi.

Masalan, Qonunga ko‘ra, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi xarajatlari uchun qo‘shimcha ravishda 6,4 trln so‘m (ilgari -13,4 trln so‘m, endi - 19,8 trln so‘m) ajratilgan. Bu mablag‘lardan 550 mlrd so‘mni teridan tayyor charm buyumlar, charm-galantereya mahsulotlari hamda mo‘yna va jundan tayyorlangan yuqori qiymatga ega buyumlarni ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha kredit liniyalarini moliyalashtirish uchun sarflash ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston RespublikasiTiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining asosiy maqsadi iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat.

Prezidentimizning 2021 yil 8 fevraldagi № PQ-4982-sonli «Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tijorat banklarida kredit liniyalari ochildi

Kreditlar tadbirkorlik sub’ektlariga yangi uskuna va texnologiyalarni xarid qilish uchun 7 yil muddatga beriladi.

Kredit olish uchun «O‘zcharmsanoat» uyushmasining Ilmiy-texnik kengashi tomonidan beriladigan xulosa bo‘lishi kerak. Kengash yangi ishlab chiqarishlarni qurish, mavjud korxonalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan investitsiya loyihalarining texnik iqtisodiy asoslari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi, shuningdek, texnik va texnologik yechimlarni baholaydi.


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

30 06 2021 / 15:48