11.03.2026 yildagi OʻRQ-1121-son Qonun bilan yoqilgʻi-energetika sohasidagi
huquqbuzarliklarga qarshi kurashish choralari takomillashtirilishi munosabati
bilan Oʻzbekiston
Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy
javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, ular 3
oydan keyin kuchga kiradi.
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzishning boshqa turlari uchun:
·
fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima
solinadi;
·
mansabdor shaхslarga – BHMning 25 baravaridan 30
baravarigacha.
Amaldagi qonunchilikka koʻra, fuqarolarga
BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa 20
baravaridan 25 baravarigacha jarima solinadi.
Tijorat
maqsadlarida umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod
tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish BHMning 15 baravaridan 25
baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy
qamoqqa olishga sabab boʻladi (amaldagi jarima miqdori BHMning 10 baravaridan
20 baravarigacha).
Jinoyat
kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlar umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik,
gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish, shunday harakat
uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin qayta sodir etilgan boʻlsa:
·
BHMning 30 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima;
·
yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan;
·
yoki bir yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Amaldagi
tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHMning 25 baravarini tashkil etadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida
e’lon qilingan va 13.06.2026 yildan kuchga kiradi.
L. Abduazimova,
Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/energiya_tarmoqlariga_noqonuniy_ulanishlarga_qarshi_kurash_choralari_kuchaytirilmoqda
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
27 03 2026 / 14:09