7-aprel
kuni Senat yalpi majlisda yangi tahrirdagi “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi
qonunni ma’qulladi.
Ma’lum
qilnishicha, bugungi kunda respublikada 285 ta rieltorlik tashkiloti
va 684 ta rieltor hamda Rieltorlik tashkilotlari uyushmasi hamda va
O‘zbekiston Rieltorlar gildiyasi (rieltorlik birlashmalari) faoliyat
yuritmoqda. Ko‘rsatilgan rieltorlik xizmatlari hajmi 2024-yilda
50 mlrd so‘mni (2023-yilda — 43 mlrd so‘m) tashkil etgan.
Shu bilan
birga, Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning o‘zida 108 nafar
norasmiy vositachilar (maklerlar) umumiy qiymati 3,9 trln so‘mlik 19 mingta
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarda vakil sifatida ishtirok etgan. Iqtisodiy
jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining “Shaxsiy kabinet” axborot
tizimida 285 ta rieltorlik tashkilotidan faqat 129 tasi (45 foiz)
ro‘yxatdan o‘tgan.
Shuningdek,
amaldagi “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun 2010-yilda qabul qilingan
bo‘lib, rivojlanib borayotgan ko‘chmas mulk bozorining zamonaviy talablarini
qamrab olmagani qayd etildi. Xususan, rieltorlik faoliyatini “soyadan” chiqarish,
sohada yashirin amaliyotlarni qisqartirish, ko‘chmas mulk bozorining raqamli
transformatsiyasi va rieltorlik xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili
asosida ko‘rsatish bo‘yicha huquqiy instrumentlar belgilanmagan.
Rieltorlik
subyektlari faoliyatining shaffofligini ta’minlovchi mexanizmlar nazarda
tutilmagani iste’molchilarning huquqlari buzilishiga sharoit yaratib
bermayotgani, rieltorlik faoliyatida jinoiy daromadlarni legallashtirishga,
terrorizmni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi
kurashish masalalari to‘liq yoritilmagani ta’kidlandi.
Ma’lum
qilinishicha, yangi tahrirdagi “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun
biznesning “soyadan” chiqishini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar
yaratishga xizmat qilishi qayd etildi
Qonun yashirin
iqtisodiyotning shakllanishiga olib keladigan sabablar va omillarni
aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishga hamda xizmat ko‘rsatish
sohasidagi norasmiy mehnat faoliyatini yuritish holatlarini aniqlash
va bartaraf etishga ko‘maklashadi.
Qonun rieltorlik
faoliyatini tartibga solish shakli sifatida litsenziyalashni bekor qilish
va ba’zi funksiyalarni o‘zini-o‘zi boshqarish jamoat tashkilotlariga
bosqichma-bosqich o‘tkazishni ta’minlashi kerak.
Rieltorlik
faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi va rieltor faoliyati
sohasidagi professional jamoat tashkilotlari bilan birgalikda, moliya-xo‘jalik
faoliyatiga aralashmagan holda, rieltorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi
nazorati tekshiruvidan o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
Barcha ishtirokchilar
o‘rtasida jinoiy sxemalarga qarshi kurashish va ularni yo‘q qilish hamda
moliyaviy intizomni mustahkamlash mexanizmlarini yaratilishini ta’minlaydi.
Ko‘chmas mulk
bozorining barcha ishtirokchilarining mulk huquqlarini himoya qilish
mexanizmlari yaratiladi.
Rieltorlik
tashkilotlari va rieltorlik faoliyatini tartibga solish bo‘yicha maxsus
vakolatli organ hamda rieltorlik xizmati byurtmachilari o‘rtasidagi bevosita
munosabatlarni huquqiy tartibga solinishi ta’minlanadi.
Shuningdek,
rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilovchi milliy
standartlar instituti joriy etilmoqda.
Rieltorlik
xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatish, ko‘chmas mulkka oid
hisob-kitoblarni elektron shaklda amalga oshirish (kliring) imkonini beruvchi
multilisting tizimlarini tashkil etish tartibi joriy etilmoqda.
Qonun bilan
rieltor va ko‘chmas mulk bo‘yicha agentga rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatish
shartnomasi doirasida o‘z nomidagi ko‘chmas mulk obyekti va unga bo‘lgan
huquqlar bilan bog‘liq bitimlarni tuzish taqiqlanmoqda.
gazeta.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
08 04 2026 / 15:58