O‘zbekistonda soliq va yig‘imlardan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi. Xususan, ushbu
jinoyatni juda ko‘p miqdorda sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum
qilinishi mumkin.
18-aprel
kuni O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga soliq
va tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga
qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunm imzolandi. Qonun
bilan soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun
javobgarlik choralari kuchaytirildi.
Xususan, Jinoyat kodeksining 179 moddasi (Soxta
tadbirkorlik) quyidagicha o‘zgartirilmoqda.
Soxta tadbirkorlik, ya’ni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni)
soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat
ko‘rish maqsadida tadbirkorlik subyektini tashkil etish bazaviy hisoblash
miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Amaldagi moddada
jazoning quyi muddati ko‘rsatilmagan edi.
Jinoyat kodeksining 184 moddasi birinchi
qismiga ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritildi va endi quyidagicha
bayon qilinadi:
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan
yashirishni, kamaytirib ko‘rsatishni, shuningdek soliqlarni yoki yig‘imlarni
to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish
uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ro‘y bergan bo‘lsa, bazaviy
hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha
miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Moddaning 2-qism uchun ozodlikni cheklash yoki mahrum qilish amalda 3
yilgacha deb belgilangan. Yangi tahrirda bu muddat uzaytirilib,
uch yildan besh yilgacha etib belgilangan. Shuningdek, jarima miqdoriga
ham “200 dan 300 baravarigacha” degan qat’iy oraliq qo‘yilgan. Endi ushbu qism
quyidagicha bayon qilinadi:
Soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash takroran yoki ko‘p
miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining ikki
yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki
yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh
yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Moddaning 3-qismida amaldagi tahrirda qamoq jazosiga muqobil tarzda boshqa
yengilroq jazo turlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa, yangi tahrirda faqat ikkita
o‘ta og‘ir jazo qoldirildi va ozodlikdan mahrum qilish muddati
uzaytirildi. Endi moddaning bu qismi quyidagicha bayon etiladi.
Soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash juda ko‘p miqdorda
sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining
uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Qasddan yashirilgan, kamaytirib ko‘rsatilgan foyda (daromad) bo‘yicha
soliqlar va yig‘imlar to‘liq to‘langan taqdirda, ozodlikni cheklash
va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Agar birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs soliqlar va yig‘imlar,
shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida
davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini tergovga qadar tekshiruv, tergov
va birinchi instansiya sudi bosqichida, ammo sud alohida xonaga
(maslahatxonaga) kirguniga qadar to‘liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan
bo‘yin tovlashning ancha miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining
yuz baravaridan olti yuz baravarigacha, ko‘p miqdori — bazaviy
hisoblash miqdorining olti yuz baravaridan ming baravarigacha, juda ko‘p
miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari va undan ortiq
bo‘lgan miqdor hisoblanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksning 174-moddasiga kiritilgan
o‘zgartirishga ko‘ra, foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa
obyektlarni qasddan yashirib, kamaytirib ko‘rsatish, shuningdek, soliqlarni
yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarima miqidori oshirildi:
·
fuqarolarga
BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha;
·
mansabdorlarga esa 25
baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa fuqarolarga
BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 50
baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishdan bo‘yin tovlash,
deklaratsiyani o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin noto‘g‘ri
ma’lumotlarni taqdim etish, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda
jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan
bo‘yin tovlashning ancha miqdori — BHMning 100 baravaridan 600
baravarigacha bo‘lgan miqdor hisoblanadi.
Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach
kuchga kiradi.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
21 04 2026 / 10:19