Кириллчада На русском языкеKecha, 21:17 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda iqtisodiy
o‘sishni jadallashtirish va tarmoqlar samaradorligini oshirish zarur,
chunki hozirgi natijalar hali mamlakat imkoniyatlariga mos kelmaydi. Bu haqda
Shavkat Mirziyoyev 24-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
“Farg‘ona viloyati
qachon 10 foizlik o‘sishga erishdi? Nega men o‘z oldimga bunday yuksak
maqsadlarni qo‘ydim? Men bunga 10 yil tayyorlandim. Endi odamlar buni his
qilishlari kerak. Bu murakkab davrni, bu qiyin yillarni yengib o‘tsak,
Xudo xohlasa, oldimizda yangi imkoniyatlar ochiladi”, — dedi prezident
viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan suhbatda.
Davlat rahbari aholi
daromadlarini oshirish asosiy vazifa bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.
“Biz odamlarni barcha
sohalarda pul topishga o‘rgatishimiz kerak. Bu mening asosiy
topshirig‘im”, — dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyevning
so‘zlariga ko‘ra, mamlakat taraqqiyoti, avvalo, ichki sa’y-harakatlarga
bog‘liq.
“Men har safar
takrorlayman, O‘zbekiston uchun chetdan hech kim hech narsa qilib bermaydi.
Bu yerda o‘tirganlar, butun prezident jamoasi yeng shimarib ishlashi
kerak. Ha, bugun biz katta raqamlarni aytyapmiz, ammo xalqimizning talablari
ham ortib bormoqda. Ular kun sayin yaxshiroq yashashga intilyapti — yaxshi
uyda yashash, yaxshi mashinada yurish, bolalarini dunyoning eng yaxshi
oliygohlarida o‘qitishni xohlaydi”, — dedi prezident.
Prezident taraqqiyot uchun
barqarorlikning ahamiyatini alohida ta’kidladi.
“Buning uchun nima kerak?
Avvalo tinchlik. Tinchlik bor joyda kelajak bor. Samaradorlik ortadi, qiziqish
paydo bo‘ladi. Endi shikoyat qilishga o‘rin yo‘q. Odamlar ishonishdi. „Qilsa
bo‘lar ekan“ degan tushuncha paydo bo‘ldi”, — dedi u.
Davlat rahbari
ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yanada yaxshilanishi tarmoqlar
samaradorligiga bog‘liqligini ta’kidladi.
“Natijalarni
oshirish mumkin, ish haqi, pensiya va stipendiyalarni ko‘paytirish
mumkin — bu masalalar o‘zimizga bog‘liq. Kelgusi chorakda prezident
oldida tarmoqlar hisoboti bo‘ladi. U juda qat’iy bo‘ladi. Nega? Chunki
bugun tarmoqlar o‘z salohiyatining atigi 50 foizida ishlayapti. Agar chuqurroq
kirib borib, o‘rganilsa, katta natijalarga erishish va yakuniy maqsadga
yaqinlashish mumkin”, — dedi Mirziyoyev.
Yakunda u murakkab davrda
birlashish va ishlarni yanada kuchaytirishga chaqirdi.
“Biz jonajon mamlakatimiz va buyuk
xalqimizni ushbu murakkab davrdan eson-omon olib o‘tishimiz kerak. Buning uchun
katta, mashaqqatli mehnat talab etiladi. Bunday mehnat esa faqat tinchlik
mavjud bo‘lgandagina mumkin. Yurtimiz tinch bo‘lsin. Xalqimizga sadoqat bilan
xizmat qilishga, barcha topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishga
va tinchligimizni asrab-avaylashga tayyor bo‘lamiz”, — dedi
prezident.
Birinchi chorakda O‘zbekiston
iqtisodiyoti 8,7 foizga o‘sdi, dedi prezident. Iqtisodchi
Mirkomil Xolboyev islohotlarning yangi bosqichi boshlanganidan buyon hech bir
birinchi chorakda o‘sish 7 foizdan oshmaganini ta’kidladi. “Ishlamay, shunchaki
maosh olib, “bir poyezdda ketayotgan”lar ham bor”, — dedi davlat rahbari.
Shu bilan birga, davlat
rahbari ogohlantirganidek, agar inflyatsiya tezlashishi
davom etsa, iqtisodiyotning o‘sishi aholi va biznes uchun sezilarli samara
bermaydi. U mahalliy mahsulotlar taklifini ko‘paytirish, go‘sht importini
kengaytirish, logistika uzilishlarini bartaraf etish orqali narxlar o‘sishini
6,5 foiz atrofida ushlab turishni topshirdi.
gazeta.uz.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
28 04 2026 / 14:06