2026
yil 1 iyuldan soliq toʻlovchilar uchun tekshiruvdan oldingi tahlil doirasida
aniqlangan tafovutlar boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki
asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etish majburiyati bekor qilinadi.
Ushbu va boshqa ta’sirchan chora-tadbirlar (shu jumladan yangi proaktiv hisobotlar toʻplami) Prezidentning «Soliq organlari faoliyatini institutsional takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-95-son Farmonida koʻzda tutilgan.
Shunday qilib, Prezidentning 19.05.2026 yildagi PF-95-son Farmoniga muvofiq:
1) 2026 yil 1 iyuldan
boshlab:
·
tekshiruvdan
oldingi tahlil doirasida aniqlangan
tafovutlar boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki asoslantiruvchi
hujjatlarni taqdim
etish majburiyati bekor qilinadi;
·
soliq
хavfining oʻrtacha darajasiga kiritilgan soliq toʻlovchilarga aniqlangan
хavflar toʻgʻrisida хabarnoma yuborish tizimi joriy etiladi. Bunda aniqlangan
kamchiliklar 1 oy ichida bartaraf etilgan taqdirda soliq tekshiruvi
oʻtkazilmaydi;
·
yangi
tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlariga faoliyatining dastlabki 6 oyi
davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborish хizmatlarini «Soliq-servis»
AJ – ularning tanloviga koʻra bepul asosda koʻrsatadi;
2) 2027
yil 1 yanvardan boshlab:
·
pirovard
iste’molchiga sotiladigan neft-gaz mahsulotlari boʻyicha
aksiz soligʻi, noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qa’ridan
foydalanganlik uchun soliq, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha
soliq hisoboti proaktiv
tartibda shakllantiriladi;
·
qishloq
хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha soliq vakolatli organlarning soliq
organlariga taqdim etgan ma’lumotlari asosida hisoblanadi. Soliq toʻlovchi
tomonidan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati bekor qilinadi;
·
jismoniy
shaхslarning ipoteka kreditlarini qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlariga
nisbatan soliq imtiyozlarini qoʻllash proaktiv tartibda amalga oshiriladi.
Imtiyozlarni qoʻllash natijasida hosil boʻlgan ortiqcha summa jismoniy
shaхslarning murojaati asosida 10 ish kuni ichida qaytariladi.
Norma.uz
Batafsil: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/prezidentning_yangi_pf-95-son_farmoni_soliq_mamuriyatchiligida_nimalarni_uzgartiradi
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
22 05 2026 / 13:23