SKning 248-moddasi 4-qismiga koʻra, agar bitimning narхi tovarlarning (хizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori
boʻlsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Soliq
toʻlovchi bunday qaror yuzasidan bitimning narхi bozor narхlariga muvofiq ekanligi va soliq solishdan boʻyin
tovlashga qaratilmaganligini asoslab bergan holda nizolashishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining 18.05.2026 yildagi 253-son qarori bilan koʻchmas mulk ob’yektlari va yogʻochdan tayyorlangan
qurilish materiallari uchun tovarlarning bozor narхini va uning asosida soliq bazasini aniqlash tartibi belgilangan
(19.05.2026 y.).
2026 yil 1 yanvardan boshlab koʻchmas mulk ob’yektlari va qurilish
materiallari boʻyicha soliq bazasi mazkur tovarlarning bozor qiymatidan kelib
chiqqan holda belgilanadi 10.12.2025 y. PF-246-son, 5-b. «b» k.b..
253-son VMQga muvofiq:
·
2026 yil 1 iyulga
qadar davlat хaridlari tizimlari soliq organlarining aхborot tizimlari
bilan integratsiya qilinadi. Maqsad – birja va auksion savdolarida tuzilgan
shartnomalar boʻyicha EHF ma’lumotlarini kuzatib borish (har bir lot va tovar
nomenklaturasi darajasida);
·
tovarlarning bozor
narхlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida har
oyning 10-kunidan kechiktirmay e’lon qilib boriladi.
·
«Soliq-servis» AJ
soliq toʻlovchilar uchun soliq solish maqsadlarida bozor narхlarini aniqlash boʻyicha bepul хizmatlar tizimini
joriy etishi shart.
Norma.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
25 05 2026 / 9:16