Chirchiq shahridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni saqlash pitomnigi negizida
4 ming bosh hayvon sig‘imli yangi pitomnik quriladi. Pitomnik hududida
veterinariya punktlari, karantin zonalari va izolyatsiya xonalari tashkil
etiladi. Hayvonlarni tutish bo‘limi shtat birliklari 2 nafardan 15 nafargacha
oshiriladi.
20-may kuni Vazirlar Mahkamasining “Chirchiq shahrida qarovsiz hayvonlarni
tutish va saqlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hozirda Chirchiq shahridagi “Ma’rifat” MFY hududida qarovsiz qolgan
hayvonlarni saqlash pitomnigi faoliyat olib bormoqda. 2024-yildan boshlab
pitomnik tashqi boshqaruvga berilgan. Unda asosan ko‘ngilli ishchilar
(volontyorlar) mehnat qiladi va doimiy ravishda 600 tadan 1000 tagacha
hayvonlar saqlanmoqda.
Qaror bilan Toshkent viloyati
hokimligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya
va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining yuqorida qayd etilgan
pitomnik negizida zamonaviy yondashuvlar asosida 4 ming bosh qarovsiz qolgan hayvonlarni
saqlash uchun mo‘ljallangan yangi pitomnikni qurish va jihozlash taklifi
qabul qilindi.
Pitomnikni loyihalashtirish, qurish va jihozlash ishlari bo‘yicha
buyurtmachi funksiyasini Chirchiq shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish
boshqarmasiga yuklandi. Pitomnik hududida veterinariya punktlari, karantin
zonalari va izolyatsiya xonalarini tashkil etiladi.
Chirchiq shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasining
Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limi shtat birliklarini amaldagi 2
nafardan 15 nafargacha oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
Hayvonlarni tutish bo‘limiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklanadi:
·
pitomnik faoliyatini yagona
boshqaruv tizimi asosida tashkil etish, qarovsiz hayvonlarni tutish, tashish,
vaqtincha saqlash hamda ularga veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish;
·
jismoniy va yuridik
shaxslarning uy hayvonlarini parvarishlash, sterilizatsiya, vaksinatsiya qilish
hamda ularni chiplash bo‘yicha pulli xizmatlarni ko‘rsatish;
·
pitomnik faoliyatini
raqamlashtirish, hayvonlarni hisobga olishning yagona elektron reyestrini
yuritish, har bir hayvonga identifikatsiya vositalarini joriy etish;
·
qarovsiz hayvonlar sonini
qisqartirish (krematoriy, sterilizatsiya, kostratsiya va boshqalar)
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish;
·
nodavlat notijorat
tashkilotlari, volontyorlar va xayriya jamg‘armalari bilan hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish, xayriya mablag‘lari va grantlarni jalb etish;
·
pitomnikning
moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, daromad va xarajatlarning
shaffof hisobini yuritish, pitomnikni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi
moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish.
2026-yilda pitomnikni qurish, jihozlash, uning atrofini obodonlashtirish,
faoliyat yuritishini ta’minlash, shuningdek, hayvonlarni tutish bo‘limiga
ajratilgan qo‘shimcha 13 shtat birliklarini saqlash — Vazirlar
Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan, hayvonlarni tutish bo‘limi uchun 2
ta maxsus avtotransport vositalari, kiyim-kechak va zarur tutish
anjomlarini xarid qilish — Chirchiq shahri mahalliy budjeti hisobidan
amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda pitomnikni
qurish, jihozlash, uning atrofini obodonlashtirish, faoliyat yuritishini
ta’minlash, shuningdek, hayvonlarni tutish bo‘limiga ajratilgan qo‘shimcha
shtat birliklarini saqlash uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan
Chirchiq shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasiga 8
milliard so‘m ajratadi.
Chirchiq shahri hokimligi huzuridagi
Obodonlashtirish boshqarmasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qurilish
sohasida texnik nazorat qiluvchi malakali mutaxassislarni (konsultantlarni)
to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida vaqtinchalik jalb qilishga ruxsat
beriladi.
Toshkent viloyati hokimligi Qishloq
xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish qo‘mitasi bilan birgalikda:
·
2026-yil 1-noyabrga qadar
pitomnikni qurish, jihozlash va uning atrofini obodonlashtirish
choralarini ko‘rishi kerak. Bunda pitomnik infratuzilmasini modernizatsiya
qilish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish maqsadida uning hududida
zootovarlar do‘koni, veterinariya dorixonasi va o‘quv maydonchalarini tashkil
etadi;
·
pitomnik faoliyatini ommaviy
axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritadi hamda hayvonlarni
asrab olish madaniyatini targ‘ib qiladi.
2028-yil yakuniga qadar pitomnikda pulli xizmatlar turlarini ko‘paytirish
orqali uni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
01 06 2026 / 13:04