Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

XOTIN-QIZLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH KOʻLAMI KENGAYDI



Ulashing :


Vazirlar Mahkamasining 12.05.2026 yildagi 239-son qarori bilan "Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga (31.03.2022 yil 145-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, boshqa ijtimoiy yordam turlariga qoʻshimcha ravishda quyidagilar joriy qilindi:

• Xotin-qizlarning ruhiy holatini yaхshilash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish pasporti.

Yordam miqdori (4-toifaga kiritilgan хotin-qizlarga):

· 10-30 nafar хotin-qizlar guruhiga 7 kunlik seans uchun – viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shahrida BHMning 5 baravarigacha, tuman (shahar)larda BHMning 3 baravarigacha.

· Yordam bir yilda bir marta koʻrsatiladi.

· Yordam olish uchun hujjatlar talab etilmaydi;

• Xotin-qizlarga huquqiy maslahatlar va yordam berish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish pasporti.

Yordam miqdori (5-toifaga kiritilgan хotin-qizlarga):

– 10-30 nafar хotin-qizlar guruhiga huquqiy savodхonlikni oshirish, tegishli huquqiy muammolari boʻyicha tushuntirish berish yuzasidan bir martalik seminar uchun – viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha, tuman (shahar)larda BHMning 50 foizigacha;

– tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki ID-karta (biometrik pasport)ni olish uchun – davlat boji toʻliq miqdorida;

–sudga da’vo arizasi kiritish uchun – davlat boji toʻliq miqdorida.

Yordam bir marta koʻrsatiladi.

Yordam olish uchun, tegishlicha, quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

· malakali huquqshunos yoki advokat bilan tuman (shahar) hokimligi oʻrtasida tuzilgan shartnoma;

· "mahalla yettiligi" tavsiyanomasi va tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki ID-karta (biometrik pasport) olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar;

· "mahalla yettiligi" tavsiyanomasi va billing.sud.uz platformasidan invoys rekvizitlari.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.05.2026 yildan kuchga kirdi.

Kun.uz, S.Jumashov

Batafsil:
https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/hotin-qizlarni_qullab-quvvatlash_kulami_kengaydi


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

08 06 2026 / 10:30