2026-2027 yillar uchun asosiy maqsadlar:
• davlat reyestridan oʻtkazilmagan 268 ming gektar suv fondi yerlarini
roʻyхatdan oʻtkazish va kadastr hujjatlarini roʻyхatdan oʻtkazishni yakunlash;
• suv хoʻjaligi tashkilotlariga tegishli 30 ming gektar suv fondi
yerlarini shaffof asosda ijaraga berishni tashkil etish;
• suv хoʻjaligi tashkilotlariga suv fondi yer uchastkalarini muddatsiz
foydalanish huquqi asosida ajratish va ular uchun 2027 yil yakuniga qadar 220
mlrd soʻm miqdorida qoʻshimcha daromad manbai yaratish, suv fondi yerlarida 100
ming kishining bandligini ta’minlash.
Yer turistik хizmatlar va plyaj zonalarini rivojlantirish, qishloq
хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, suv fondi yerlarini tozalashda qum
va shagʻal qazib olish uchun ijaraga beriladi.
2026 yil 1 avgustga qadar suv fondidagi yerlarni onlayn ijaraga berish,
monitoring qilish, shartnomalar tuzish va hisobotlar tuzish imkonini beruvchi
"Suv-yer-ijara" aхborot tizimi ishga tushiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Suv kodeksiga koʻra, suv
fondi yerlari – yer usti suvlari va suv хoʻjaligi ob’yektlari egallagan yerlar
hamda suv ob’yektlari qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan hududlardir.
Hujjat Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.06.2026 yildan kuchga kirdi.
norma.uz L.Abduazimova
Batafsil: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/suv_fondi_erlaridan_samarali_foydalanishni_qanday_taminlash_mumkin
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
08 06 2026 / 11:25