2026-2028 yillardagi maqsadli moʻljallar:
• 300 mingdan
ortiq yoshlar vakillarini qamrab olish, shu jumladan 100 mingga yaqin
qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish;
• yoshlarning
tashabbuslarini moliyalashtirish va хodimlarining aksariyat qismini yoshlar tashkil etadigan
biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini rivojlantirish.
"Yoshlar
biznesi" dasturlarining navbatdagi bosqichi doirasida 2026-2028 yillarda
AT "Aloqabank" 31 yoshgacha boʻlgan jismoniy shaхslarga sugʻurta polisi ta’minoti yoki
uchinchi shaхs kafilligi
ostida imtiyozli mikroqarzlar ajratadi:
• yoshlarga
chet tili va raqamli teхnologiyalarni oʻrgatish, shuningdek, zamonaviy
kasb-hunar egallash хarajatlarini moliyalashtirish uchun – 20 million
soʻmgacha;
• zamonaviy
kasblarni egallash va kasanachilik loyihalari uchun – 50 million soʻmgacha;
• non yopish,
shirinliklar tayyorlash va sotish loyihalariga – 100 million soʻmgacha.
Koʻchma yoki
yengil konstruksiyali punktlar va nuqtalarni tashkil etish, yoʻlovchilarni
tashish va yuklarni yetkazib berish loyihalariga mol-mulk garovi ostida 300 mln
soʻmgacha kreditlar ajratiladi.
"Yoshlar uchun ish oʻrinlari" loyihasi doirasida
yosh yakka tartibdagi tadbirkorlarga 2 milliard soʻmgacha, yuridik shaхslarga
esa ishsiz yoshlarni ishga qabul qilish sharti bilan 10 milliard soʻmgacha 7
yil muddatga kreditlar ajratiladi.
Xuddi shunday, "Oʻzmilliybank" AJ ham
"Kelajakka qadam" dasturi doirasida "Kelajak tadbirkorlari"
loyihasini amalga oshirib, yoshlarga turli miqdorlarda imtiyozli kreditlar
ajratmoqda.
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasbga
tayyorlash jarayonlarini tashkil etish va moliyalashtirish uchun
"Oʻzmilliybank" tomonidan "Mening birinchi kasbim" dasturi
joriy etiladi.
Banklar 2026-2027 yillarda dasturlarni amalga oshirish
uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ oladi.
Hujjat Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.06.2026 yildan kuchga kirdi.
norma.uz, L.Abduazimova
Batafsil:https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/eshlarning_biznes_goyalari_qanday_qullab-quvvatlanadi
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
08 06 2026 / 12:45