Uzum Market’ning
hamkorlarni jalb qilish va biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari
Azamat Shayqaliyev Jahon banki ko‘magida tashkil etilgan Tojikistondagi
sotuvchilarning xalqaro forumi doirasida o‘zbekistonlik tadbirkorlarning
eksport salohiyatini rivojlantirish haqida so‘zlab berdi.
Forum
doirasida u O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish tajribasi bilan
o‘rtoqlashdi hamda raqamli platformalar kichik va o‘rta biznes, tadbirkor
ayollar va yoshlar uchun yaratayotgan imkoniyatlar haqida gapirib berdi.
Ayni paytda Uzum Market mahalliy sotuvchilarga savdo geografiyasini
kengaytirish va xorijiy bozorlarga chiqish imkonini beradigan yangi
vositalarni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Biz mamlakat ichida
tadbirkorlarning rivojlanishi uchun allaqachon zarur infratuzilmani yaratdik.
Keyingi bosqich — ularning hatto endigina ish boshlayotgan
tadbirkorlar uchun ham odatiy va tushunarli bo‘lgan vositalar yordamida
tashqi bozorlarga chiqishini ta’minlashdir”, — deya ta’kidladi Azamat
Shayqaliyev.
Uzum
Market mamlakat ichida yirik logistika infratuzilmasini yo‘lga qo‘yib, o‘n
minglab tadbirkorlar uchun biznesni rivojlantirish va kengaytirish uchun
yangi imkoniyatlar, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab yangi ish o‘rinlari
yaratmoqda.
Transchegaraviy xizmatlarning rivojlanishi, xususan, bond omborlarining
ishga tushirilishi bilan O‘zbekiston tadbirkorlari boshqa mamlakatlar
sotuvchilari bilan raqobatlashmagan holda qo‘shni davlatlarning tashqi
bozorlariga chiqa oladi. Bu yo‘nalishning yo‘lga qo‘yilishi o‘zbekistonlik
tadbirkorlarga xalqaro savdoda faolroq ishtirok etishga va mintaqa
mamlakatlarida e-commerce`ga talab ortib borayotgan sharoitda aylanmalarini
oshirishga imkon beradi.
Dastlabki yo‘nalishlar sifatida qo‘shni
bozorlar — Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya va Turkiya
ko‘rib chiqilmoqda.
gazeta.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
11 06 2026 / 12:13