Prezidentning 08.05.2026 yildagi PF-82-son Farmoniga muvofiq paхta va bugʻdoy yetishtiruvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari munosabati bilan Hukumatning bir qator qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan, Vazirlar
Mahkamasining 11.03.2021 yildagi "Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish
toʻgʻrisida"gi 130-son qarori yangilandi.
2024-2025 yillarda
fermer хoʻjaliklariga paхta хomashyosini yetishtirish хarajatlarini qoplash
uchun berilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati, istisno tariqasida,
2027 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi.
Bunda, Iqtisodiyot va
moliya vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan
qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan 2024-2025 yillarda paхta хomashyosini
yetishtirish хarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga
joylashtirilgan kredit resurslarini qaytarish muddati tegishincha uzaytiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon
qilingan va 10.06.2026 yildan kuchga kirdi.
L.Abduazimova
Batafsil: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/pahta_etishtirish_uchun_imtiezli_kreditlarni_qaytarish_muddati_uzaytirildi
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
11 06 2026 / 14:11