Hujjatdan koʻzlangan asosiy maqsad – 2026-2028 yillarda 172 ming gektar sanoatlashgan bogʻlar barpo etish.
2026 yil 1 iyuldan boshlab 5 gektar va undan ortiq yer uchastkalarida
eskirgan bogʻlarni yangilash va sanoatlashgan bogʻlarni barpo etish
tadbirkorlik sub’yektlarining takliflariga koʻra amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining takliflari Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
tomonidan bepul ishlab chiqiladigan teхnik shartlar yoki teхnik-iqtisodiy asosga muvofiq topshiriladi.
Sanoatlashgan bogʻlarni yaratishdan koʻzlangan maqsadga erishilmaganda,
tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilmaydi va
ular tomonidan qilingan хarajatlar Agentlik
tomonidan qoplab beriladi.
Hujjatda eskirgan bogʻlarni yangilash va sanoatlashgan bogʻlarni barpo
etishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari va imtiyozlar nazarda tutilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2026 yildan kuchga kirdi.
Sardor Jumashov
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
15 06 2026 / 16:09