2026 yil yakuniga qadar
begonalashtirilgan hamda jismoniy va yuridik shaxslar nomiga tegishliligi
bo‘yicha mulk va ijara huquqi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan suv
fondi yerlari xatlovdan o‘tkaziladi.
Prezidentning
“Suv xo‘jaligi sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 avgustga qadar suv fondi yerlarini
ijaraga berish, monitoring qilish, shartnomalar tuzish va hisobotini onlayn
yuritish imkonini beruvchi “Suv-yer-ijara” axborot tizimi ishga tushiriladi va
Suv xo‘jaligi vazirligining “Raqamli suv xo‘jaligi” yagona axborot tizimiga
integratsiya qilinadi.
Suv omborlari atrofidagi ijaraga berilgan suv fondi
yerlarida organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda xalqaro
sertifikatlar talablariga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi.
Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi
obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga
quyidagi yo‘nalishlarda davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar
yuklanadi:
a) suv fondi
yerlaridan oqilona va maqsadli foydalanishni nazorat qilish;
b) suv fondi
yerlari o‘zboshimchalik bilan egallanishining oldi olinishini nazorat qilish.
2026 yil yakuniga qadar begonalashtirilgan hamda
jismoniy va yuridik shaxslar nomiga tegishliligi bo‘yicha mulk va ijara huquqi
asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan suv fondi yerlari xatlovdan
o‘tkazilib, ularga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda bekor
qilinadi hamda ushbu yerlar suv xo‘jaligi obektlari ekspluatatsiya qiluvchi
tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.
Suv xo‘jaligi obektlarini ekspluatatsiya qiluvchi
tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladigan suv fondi
yerlaridan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan vaqtincha foydalanish maqsadida
tuzilgan ijara shartnomalari Davlat muassasasi hamda suv xo‘jaligi obektlarini
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan qayta ro‘yxatga olinadi.
Daryo o‘zanlari va suv xo‘jaligi obektlaridan qazib
olinadigan qum-shag‘al materiallari hajmi Suv xo‘jaligi vazirligi mablag‘lari
hisobidan va vazirlikning so‘roviga asosan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar
agentligi tomonidan texnik imkoniyatlardan kelib chiqib hisoblanadi.
kun.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
22 06 2026 / 15:00