Shunday qilib, Aleksey Pak qisqa vaqt ichida yollanma
xodimdan tadbirkorgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. O‘z biznesini boshlashdan oldin u Rossiyadagi
"Pervyy Bit" kompaniyasida 1C dasturchisi bo‘lib ishlagan. Turmush
o‘rtog‘i bilan O‘zbekistonga ko‘chib kelganidan so‘ng, u elektron tijorat
salohiyatini ko‘rdi va Uzum Market'da savdo qilishni boshlashga qaror qildi.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, marketpleys logistika va yetkazib berishni o‘z
zimmasiga olib, tovarlarni qidirish, assortimentni rivojlantirish va xaridorlar
bilan ishlashga e’tibor qaratish imkonini berdi.
Obidjon
Orifjonovning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy hunarmandchilik raqamli
muhitda ham muvaffaqiyatli rivojlanishi mumkin. Kulol va Chinor Ceramics
ustaxonasi egasi Uzum Market'dagi sotuvlari tufayli oilaviy hunarmandchilikni
saqlab qolish va rivojlantirish orqali oyiga taxminan 15 million so‘m
qo‘shimcha sof foyda olmoqda.
Platforma ishining alohida yo‘nalishi — ayollar
tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash. Samarqandlik Gulhayo Boboqulova kichik
biznesni barqaror daromad manbaiga aylantira oldi: Uzum Market'ga chiqqanidan
sakkiz oy o‘tgach, uning do‘koni aylanmasi 20 million so‘mdan oshdi.
Tadbirkor, ikki farzandning onasi va Momkidz do‘koni
egasi Mohira Toymuradova 2025 yil avgust oyida Uzum Market'da savdo qilishni
boshlab, biznesini shunchalik kengaytira oldiki, o‘z orzusiga erishdi —
avtomobil sotib oldi.
"Uzum
Market" tadbirkorlarga nafaqat onlayn savdoni boshlashda, balki biznesni
bosqichma-bosqich kengaytirishda ham yordam beradi: assortimentni kengaytirish,
yangi turkumlarga chiqish va butun mamlakat bo‘ylab xaridorlarni topish.
Ko‘pgina sotuvchilar uchun marketpleys o‘z biznesi va barqaror daromad manbai
sari qo‘yilgan birinchi qadamga aylanadi", — deya izoh berdi Uzum Market
biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Vladislav Saxarov.
Bunday yondashuvning samaradorligini platformada
sotuvchilarning rivojlanish ko‘rsatkichlari ham tasdiqlaydi. Uzum Market
tahlilchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, marketpleysdagi sotuvchilarning
aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan 60% ga oshgan. Yil boshidan buyon faol savdo
qiluvchi sotuvchilar soni 32% ga, sotuvlar amalga oshirilgan mahsulot turlari
(SKU) soni esa 25% ga ortdi.
Sotuvchilarning o‘sishi platformaning rivojlanishida
ham aks etadi. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, Uzum elektron tijorat yo‘nalishining
yillik aylanmasi (GMV) 1,5 barobarga o‘sib, 500 million dollardan oshdi,
buyurtmalar soni esa 34 millionga yetdi. Bugungi kunda Uzum Market'da mahalliy
sotuvchilardan 1,9 million dona SKU mavjud bo‘lib, Uzum Market'da o‘z
mahsulotlarini sotadigan tadbirkorlarning 90%i butun mamlakat bo‘ylab kichik
biznes vakillaridir.
Kompaniya, shuningdek, tadbirkorlik ko‘nikmalarini
rivojlantirishga sarmoya kiritishni davom ettirmoqda. 2022 yildan buyon Uzum
Sellers Academy'da 9 mingdan ortiq kishi ta’lim oldi. O‘quv kursini tugatgandan
so‘ng sotuvchilarning GMV qiymati o‘rtacha 3,5 barobarga oshadi. Yaqinda jamoa
elektron tijorat sohasida talab yuqori bo‘lgan kasbni noldan o‘zlashtirish
imkonini beruvchi "Uzum Market menejeri" kengaytirilgan kursini ishga
tushirdi.
kun.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
09 07 2026 / 12:32