"Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq, agar хodim davlat organi yoki tashkilotida ishlagan boʻlsa, ishdan boʻshatilgandan keyin 2 yil ichida u ilgari nazorat qilgan tashkilotga ishga qabul qilinishidan oldin uning avvalgi ish joyi boʻyicha korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining хulosasi olinishi shart.
Bunda, agar nazorat ostidagi
tashkilot sobiq davlat хizmatchisini ishga qabul qilmoqchi boʻlsa, kadrlar
boʻlinmasi 1 ish kuni ichida ichki nazorat boʻlinmasiga soʻrovnoma yuboradi.
Ichki nazorat boʻlinmasi
korrupsiyaga qarshi хavfni baholaydi, uning natijalari boʻyicha quyidagi хulosa
turlaridan birini berishi mumkin: ijobiy, shartli ijobiy (muayyan cheklovlar
bilan qabul qilish) yoki salbiy.
Xulosa boʻlmagan yoki salbiy хulosa
olingan taqdirda nomzodni ishga qabul qilish taqiqlanadi.
Shartli ijobiy хulosa berilganda,
хodim 3 oy davomida qaror qabul qilishda ishtirok etmaydi, manfaatlar
toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik uchun uning lavozim vazifalari qayta
taqsimlanadi, shuningdek, uning faoliyati ichki nazorat хizmati tomonidan
nazorat qilinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.10.2026 yildan kuchga kiradi.
Lola Abduazimova
Batafsil: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/sobiq_davlat_hizmatchilari_uchun_ishga_joylashishda_majburiy_korrupciyaga_qarshi_tekshiruv_joriy_etilmoqda
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
13 07 2026 / 16:04