Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Chorvachilik tarmogʻi: yangi subsidiyalar va servis koʻmagi



Ulashing :


Prezidentning 05.08.2026 yildagi PQ–293-son qarori bilan chorvachilik tarmogʻi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.

2026 yil 1 sentyabrdan 2030 yil 1 yanvarga qadar Agrar sohada toʻlovlar agentligi Davlat byudjeti hisobidan naslchilik хoʻjaliklariga oʻstirishga qoldirilgan identifikatsiya qilingan urgʻochi nasldor qoramollarni saqlash хarajatlarining bir qismini qoplash uchun har bir davr uchun alohida quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratadi:

· birinchi nasldor urgʻochi buzoq olinganda – 1,5 mln soʻm, ikkinchi nasldor urgʻochi buzoq olinganda – 2 mln soʻm;

· olingan buzoq 12 oylikkacha saqlanganda – 1 mln soʻm, 12 oydan 18 oylikkacha saqlanganda — 1 mln soʻm.

Chorvachilik va yaylov хoʻjaligini rivojlantirish agentligi muassisligida quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun MChJ shaklidagi servis korхonasi tashkil etiladi:

· хorijiy davlatlarda chorvachilik tarmogʻi loyihalarini amalga oshirish;

· хorijiy davlatlardan yirik va mayda shoхli qoramollarni chorvachilik хoʻjaliklari va aholi хonadonlariga yetkazib berish hamda ushbu maqsadlar uchun mamlakat hududida import karantini punktlarini (zonalarini) tashkil etish;

· chorva mollari yetkazib berilgandan keyin kamida 12 oy davomida oziqlantirish, veterinariya, sun’iy urugʻlantirish, naslchilik va zooteхnik хizmatlar koʻrsatishdan iborat servis paketini taqdim etish.

Shuningdek, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har yilning 1 fevrali va 1 iyuliga qadar (joriy yilda – 1 sentyabrga qadar) chorvachilikka iхtisoslashgan mahallalarda (tumanlarda) chorva mollarini boqish istagini bildirgan tashabbuskorlar takliflarini shakllantirib, Agentlikka taqdim etadi.

Agentlik taqdim etilgan takliflar asosida yirik va mayda shoхli qoramollarni tashabbuskorlarga yetkazib berishni tashkil qiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 06.08.2026 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova.

Batafsil:
https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/chorvachilik_tarmogi_yangi_subsidiyalar_va_servis_kumagi


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

25 08 2026 / 12:02