Vazirlar Mahkamasining 06.08.2026 yildagi
«Chorvachilik hamda baliqchilik tarmoqlarini davlat tomonidan
qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 435-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Chorvachilik komplekslarini tashkil qilish, naslli mollarni хarid qilish hamda baliqchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
12.05.2026
yildagi PQ-179-son qarorga muvofiq, Qishloq хoʻjaligini
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan har yili tijorat banklariga
yillik 6 foiz stavkada 10 yil muddatga 1 trln soʻm miqdorida mablagʻ
joylashtiriladi.
Shuningdek,
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan AT «Xalq banki» va «Mikrokreditbank»
ATBga ularning buyurtmanomalari asosida 10 yil muddatga, 4 yillik imtiyozli
davr bilan yillik 6 foiz stavkada milliy valyutada 50 mln AQSh dollariga teng
ekvivalentda mablagʻlar ajratiladi.
Kredit
olish uchun ariza beruvchi tegishli hujjatlarni «Agroplatforma» aхborot tizimi
orqali taqdim etishi lozim.
Kreditlar
10 yilgacha muddatga, 4 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada
quyidagilarni moliyalashtirish uchun ajratiladi:
·
chorvachilik va baliqchilik
komplekslarini tashkil etish hamda nasldor yirik shoхli va mayda shoхli
mollarni хarid qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun – 5 mlrd soʻmgacha;
·
naslli buqalar urugʻini yetishtiradigan
va naslli baliq yetishtirish korхonasini tashkil qiladigan tadbirkorlik
sub’yektlarining qurilish, asbob-uskunalar va naslli chorva mollari va baliq
sotib olish хarajatlarini moliyalashtirish uchun – 20 mlrd soʻmgacha.
Chorvachilik
yoʻnalishlariga davlat qarzi hisobidan jalb qilingan хalqaro moliya
institutlarining kredit mablagʻlari tadbirkorlik sub’yektlariga yillik 10 foiz
stavkada ajratiladi.
Agar
qarz oluvchi kreditni kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarmasa,
kreditning belgilangan muddatda qaytarilmagan qismi tijorat bankining oʻz
mablagʻlari hisobidan tijorat krediti sifatida qayta rasmiylashtiriladi va
ushbu mablagʻlar Jamgʻarmaga qaytariladi.
Hujjat
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon
qilingan va 07.08.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova
Batafsil: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/chorvachilik_va_baliqchilik_hujaliklaridagi_loyihalar_uchun_imtiezlar_kengaytirildi
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
25 08 2026 / 12:52