Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Yuridik shaxslarga stirni biriktirish reglamenti tasdiqlanmoqda



Ulashing :


09.08.2024

Vazirlar Mahkamasining 05.08.2024 yildagi «Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida» 2022 yil 2 apreldagi 150-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida»gi 480-sonli qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan yuridik shaxslarga STIR biriktirish bo‘yicha reglament tasdiqlanmoqda.

STIR bir marotaba beriladi va yuridik shaxs tugatilgandan so‘ng ushbu STIR boshqa soliq to‘lovchiga biriktirilmaydi.

Ma’lumot uchun: 2021 yil 1 iyuldan boshlab soliq to‘lovchi-jismoniy shaxslarning hisobini yuritish JSHSHIR orqali amalga oshiriladi. Jismoniy shaxsga STIR berish davlat xizmati to‘xtatilgan.

STIR Soliq qo‘mitasi tomonidan quyidagi jarayonlarda beriladi:

· nodavlat notijorat tashkilotlariga adliya organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida;

· banklar, kredit byurolari va chet el banklarining vakolatxonalariga Markaziy bank tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (akkreditatsiya qilish) jarayonida;

· diplomatik vakolatxonalar, xorijiy davlatlarning konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonida;

· xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalariga Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonida;

· boshka yuridik shaxslarga davlat xizmatlari markazlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida.

Ro‘yxatga oluvchi organlarning so‘rovnomalari Soliq qo‘mitasining tizimida real vaqt rejimida, biroq 1 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Identifikatsiya raqamini noto‘gri yoki noaniq ko‘rsatish soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini qo‘llanish tartibini buzishga tenglashtiriladi.

Ma’lumot uchun: STIR quyidagi hujjatlarda majburiy ko‘rsatiladi:

· faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalarda;

· yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xo‘jalik, fuqarolik-huquqiy va mehnat shartnomalarida;

· yuridik shaxslar va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bitimlar tuzilganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan hisobvaraq-fakturalarda va tovar-kuzatuv hujjatlarida;

· pul, hisob-kitob va to‘lov hujjatlarida;

· qonunchilikda belgilangan hollarda boshqa hujjatlarda.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.08.2024 yildan kuchga kirdi.

Sobir Nurberdiev

Batafsil: https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/yuridik_shahslarga_stirni_biriktirish_reglamenti_tasdiqlanmoqda


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

25 08 2026 / 15:25