1. Tadbirkorlik
erkinligi kafolatlarining asosiy prinsiplarini mustahkamlash
«Tadbirkorlik
faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunga asosiy
prinsiplarni belgilovchi yangi bob kiritildi:
·
tadbirkorlikning
qonuniyligi va erkinligi –
har kimning qonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan erkin shugʻullanish va uning
yoʻnalishlarini tanlash huquqi kafolatlanadi;
·
Xususiy
mulk daхlsizligi – tadbirkorlarning mulki davlat
himoyasida boʻladi, uni olib qoʻyishga faqat alohida hollarda, sud qarori bilan
va yetkazilgan zarar toʻliq qoplangan holda yoʻl qoʻyiladi. Davlat organlari,
nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar va sudlarning хususiylashtirish hamda baholash
natijalarini qayta koʻrib chiqish yoki bekor qilish boʻyicha
tashabbuslari qonunbuzarlik
deb e’tirof etiladi;
·
Ishonch
himoyasi va barqarorlik –
davlat huquqiy muhitning barqarorligini, shuningdek halol tadbirkorlarning
qonuniy manfaatlarini tez-tez oʻzgaruvchan amaliyotdan himoya qilinishini
kafolatlaydi;
·
Korrupsiyadan
хolilik: davlat tomonidan tartibga solish
jarayonlarida bevosita inson omilini minimallashtirish.
·
Tenglik – tadbirkorlik sub’yektlari
mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy shakli va boshqa har qanday holatlardan
qat’i nazar, qonun va sud oldida tengdir.
Batafsil: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/biznes_uchun_yangi_qonun_8_ta_asosiy_uzgarish
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
26 08 2026 / 10:53