
Olimning ta’kidlashicha, qoramollarning genetik elektron bazasi qoramol DNKsi tarkibidagi mahsuldorlikka javob beradigan, hayotchanlikka javob beradigan, immunitetni ko‘taradigan yoki boshqaradigan, pushtdorlikka javob beradigan genlarni tadqiq etib elektron bazaga jamlashdir.
Mana shu muhim genlarning o‘zgarishiga qarab (qon, oqsil tahlillari, PSR analiz, osemenator analiz, ya’ni DNKsi o‘rganilib) qoramolning zotdorlik xususiyati oldindan baholanadi.
Qoramol qonining polimorf tahliliga asoslangan immunologik tekshiruvlar DNKsining molekulyar-genetik usulda tahlil etish, DNK tarkibidagi mahsuldorlik va turli kasalliklarga qarshi turish qobiliyatini boshqaradigan genlarning o‘zgarishini o‘rganish, genetik markerlarni qo‘llash va istiqbolli genlarni aniqlash imkoniyatini beradi.
Shu paytga qadar yurtimizda bunday immunologik tekshiruvlar o‘tkazilmagan. Lekin Rossiya va Qozog‘istonda bu kabi tadqiqotlar o‘tkazilgan va o‘tkazilmoqda. Masalan, rus olimlari M. Leonova, A. Kolosova, A. Radyuk va boshqlarning molekulyar-genetik tadqiqotlarida qoramollarning istiqbolli gen-markerlari aniqlangan.
Endilikda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan ham ana shunday tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Olimlarimiz hozirda mamlakatimizda yaratilgan va bugungi kunda kamayib borayotgan Bushuyev zotli qoramollarning genetik elektron bazasini yaratish ustida ish olib borishmoqda.
Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Axborot xizmati
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
12 08 2021 / 15:14