O‘zbekiston va Hindiston 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan madaniy
almashinuvlar dasturi, oliy ta’lim, iqtisodiyot, turizm, geologiya, ekologiya
va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 12 ta hujjat
imzoladi.
Muzokaralar
yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri
Narendra Modi ishtirokida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib
o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Imzolangan hujjatlar:
·
Hindiston bosh vaziri Narendra
Modining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot;
·
O‘zbekiston Hukumati va
Hindiston Hukumati o‘rtasida 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan madaniy almashinuvlar
dasturi;
·
Ayurveda va an’anaviy
tibbiyotning boshqa yo‘nalishlarida hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv
memorandumi;
·
Oliy ta’lim va ilmiy
tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
·
Atrof-muhitni muhofaza qilish
sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
·
Fayoztepa va Qoratepa
hududlarida arxeologik tadqiqotlar o‘tkazish to‘g‘risida bayonnoma;
·
Iqtisodiy va moliyaviy
muloqot to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
·
2026−2028-yillarda turizm
sohasidagi hamkorlik dasturi;
·
Geologiya va mineral resurslar
sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
·
Arxiv ishi sohasidagi
hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
·
Jahon iqtisodiyoti
va diplomatiya universiteti hamda Sushma Svaraj nomidagi Tashqi aloqalar
instituti o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
·
Samarqand viloyati
va Gujarat shtati o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish
to‘g‘risida bitim.
gazeta.uz
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
07 09 2026 / 15:37