O‘zbekiston va Serbiya prezidentlari Strategik sheriklik
munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.
Tomonlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, turizm va madaniyat kabi turli
yo‘nalishlarda hamkorlikka oid qator hujjatlarni qabul qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya prezidenti
Aleksandr Vuchich Belgradda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha
Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma
deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda
davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentlar huzurida, shuningdek, ikki tomonlama hujjatlarni almashish
marosimi bo‘lib o‘tdi:
— mehnat mobilligi va migratsiyasi to‘g‘risida;
— avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni xalqaro tashish
to‘g‘risida;
— hududlararo hamkorlik to‘g‘risida;
— qishloq va suv xo‘jaligi hamda qishloq joylarni barqaror
rivojlantirish sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida;
— bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida;
— erkin savdo to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni boshlash
uchun ishchi guruh tuzish to‘g‘risida;
— qayta tiklanuvchi energetika va “yashil” texnologiyalar
sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
— farmatsevtika va biotexnologiyalar sohasidagi hamkorlik
to‘g‘risida;
— turizm va madaniy safarlar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
— O‘rta yo‘lakni qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
— Temir yo‘l infratuzilmasi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
— iqtisodiy diplomatiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
— kinematografiya sohasida hamkorlik qilish va qo‘shma filmlar ishlab
chiqarish to‘g‘risida;
— 2026−2028-yillarda madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
— mehnat xavfsizligi va sog‘liqni muhofaza qilish sohasidagi
hamkorlik to‘g‘risida;
— nogironligi bo‘lgan shaxslarni himoya qilish va ularning
jamiyatdagi mavqeini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
— axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik
to‘g‘risida;
— baqamlashtirish, elektron hukumat va zamonaviy texnologiyalarni
qo‘llash sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida;
— atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
— samarqand viloyati va Voyevodina avtonom o‘lkasi o‘rtasida
sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida.
gazeta.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
09 09 2026 / 10:50