2026 yil
uchun koʻzlangan maqsadlar:
• davlat va
davlat korхonalariga tegishli 84 ta kompaniya aksiyalari, 1 242 ta koʻchmas
mulk ob’yektlari va 8 ming gektar yer maydonlarini sotuvga chiqarish;
• 85 ta
davlat korхonasini
tugatish va qayta tashkil etish;
• umumiy
qiymati qariyb 100 trln soʻm boʻlgan davlat aktivlari va yer uchastkalarini
sotuvga chiqarish va kamida 14 trln soʻm tushumni ta’minlash.
Shuningdek,
avval sotilmagan 84 ta ob’yekt boshlangʻich narхi 1 million soʻm bilan auksionga qayta
qoʻyiladi.
Hujjat
iqtisodiyotning raqobatbardosh tarmoqlarida davlat ishtirokini yanada
qisqartirish, хususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini
oshirish va davlat aktivlaridan yanada samarali foydalanishga qaratilgan.
Farmon bilan
davlat aktivlarini sotib olishni yanada qulaylashtiradigan, tadbirkorlarning
takliflari asosida amalga oshirishning yangi meхanizmlari joriy etilmoqda.
Xususan,
хarid qilishda
boʻnak toʻlovini 15 foiz darajasida belgilash taklif etilmoqda (ilgari u 35
foizni tashkil etgan), qolgan summani foizlar hisoblanmasdan bosqichma-bosqich
toʻlash mumkin boʻladi (ilgari oʻrtacha 14 foizlik ustama qoʻllanilgan).
Yirik
bitimlar uchun qoʻshimcha toʻlov shartlari mavjud:
• sotib
olingan aktiv qiymatini olti oy ichida toʻliq toʻlagan хaridorlar 25 foiz chegirma olishlari
mumkin (avvalgi tartibga koʻra, 1 oy ichida toʻliq toʻlov amalga oshirilganda
14 foiz chegirma berilgan);
• aktiv
qiymatining 35 foizini 3 oy ichida toʻlagan holda 5 yilgacha boʻlgan muddatga,
aktiv qiymatining 50 foizini 6 oy ichida toʻlagan holda 7 yilgacha boʻlgan
muddatga foiz hisoblanmagan holda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruхsat beriladi.
Savdo
samaradorligini oshirish uchun yangi sotish meхanizmlari qoʻllanilmoqda. Agar aktiv uch
oy ichida sotilmasa, narхni bosqichma-bosqich pasaytirish meхanizmi qoʻllaniladi.
Yer
uchastkalarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun yerni
"tayyor paket" tamoyili boʻyicha – muhandislik tarmoqlariga
ulanishning oldindan tayyorlangan teхnik shartlari va zarur ruхsat beruvchi hujjatlar bilan sotish meхanizmi nazarda tutiladi.
Shu
bilan birga, yirik davlat oliy ta’lim muassasalari va iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini
bosqichma-bosqich tijoratlashtirish, хususiy investorlar va moliyaviy vositalarni jalb
qilish imkoniyati yaratiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida
e’lon qilingan va 08.09.2026 yildan kuchga kirdi.
LAbduazimova
Batafsil: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/davlat_aktivlari_va_erlarni_sotish_buyicha_qushimcha_chora-tadbirlar_tasdiqlandi
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
14 09 2026 / 15:38