InfinBANK AJ
bu yil o‘zining 16 yilligini nishonlayotgan jahon moliya sanoatining eng
nufuzli mukofotlaridan biri bo‘lgan Global Banking & Finance Review Awards
doirasida nufuzli “SME Bank Uzbekistan 2026” xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi.
“Kichik
va o‘rta biznes uchun eng yaxshi bank” nominatsiyasida g‘alaba qozonish —
bu shunchaki mukofot varaqasidagi bir satr emas, balki InfinBANK’ning
O‘zbekiston tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli faoliyatining
tasdig‘i. Kichik va o‘rta biznes mamlakat iqtisodiyotining muhim ahamiyatga
sazovor tayanchi hisoblanadi va xalqaro ekspertlar mintaqadagi ko‘plab
moliya institutlari orasida InfinBANK’ni ajratib ko‘rsatgani bankning mahsulot
sifati, xizmat ko‘rsatish tezligi va mijozlarga yo‘naltirilgan
yondashuvidan dalolat beradi.
Global
Banking & Finance Awards har yili dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan arizalar
qabul qiladi va kompaniyalarni nomzodlikka chiqaradi, ushbu mukofotda
g‘olib bo‘lish esa an’anaviy ravishda bozor ishtirokchilari tomonidan yuqori
ishonch va kasbiy e’tirof belgisi sifatida qabul qilinadi. InfinBank uchun
bu mukofot tanlangan strategiyaning yana bir tasdig‘idir: asosiy e’tibor
o‘z biznesini qurayotgan va rivojlantirayotganlar uchun moliyaviy
vositalarni yanada ommabop va qulay qilishga qaratilgan.
“Bu mukofot
nafaqat bankka, balki bizni moliyaviy hamkor sifatida tanlagan har bir
tadbirkorga ham tegishli. Bugungi kunda tadbirkorlar orasida katta talabga ega
bo‘lgan Infin Yuksalish kredit mahsulotimizni bunga yorqin misol sifatida
keltirish mumkin. U 7 yilgacha bo‘lgan muddatga atigi 18,99% yillik foiz
evaziga 5 mlrd so‘mgacha mablag‘ olish imkonini beradi — bu aylanma
mablag‘larni to‘ldirish, xaridlar va yetkazib beruvchilar bilan
hisob-kitob qilish uchun bozordagi eng qulay shartlardan biridir.
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash yanada tez, oson va samarali amalga
oshirilishi uchun biz kichik va o‘rta biznes uchun mahsulotlarni rivojlantirishga
sarmoya kiritishda davom etamiz”, — deb ta’kidladi InfinBANK boshqaruvi
raisi o‘rinbosari Alesya Frolova.
Global Banking & Finance Awards — har
yili Global Banking & Finance Review nashri tomonidan topshiriladigan
xalqaro mukofot. Mukofot butun dunyo bo‘ylab banklar, moliya kompaniyalari
va texnologik yechimlarning ulkan yutuqlarini e’tirof etadi.
газета.уз