O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov boshchiligidagi 200 nafarga yaqin fermer va tadbirkorlardan iborat delegatsiya Misrdagi yirik “Mustaqbal Misr” qishloq xo‘jaligi loyihasi faoliyati bilan tanishdi.
Ushbu fermerlar jami 430 ming gektarga yaqin
qishloq xo‘jaligi yer maydonlaridan foydalanadi. Misrning ushbu yirik
loyihasi orqali esa yangi yerlarni o‘zlashtirish, zamonaviy
agrotexnologiyalardan foydalanish va suv resurslarini samarali boshqarish
bo‘yicha amaliy tajriba to‘planmoqda.
Fermerlarning asosiy maqsadlaridan biri — chorvachilik uchun mustahkam ozuqa bazasini yaratish hamda o‘simlik yog‘i ishlab
chiqarish uchun zarur xomashyoni yetishtirish.
Shu nuqtai nazardan, Misrda katta maydonlarda dehqonchilikni tashkil etish
va cho‘l hududlarini qishloq xo‘jaligiga jalb qilish tajribasi o‘zbekistonlik
fermerlar uchun ayniqsa qiziq.
Tashrif davomida fermerlar yerlarni o‘zlashtirish, zamonaviy pivot
sug‘orish tizimlari, suv taʼminoti, ekinlarni parvarishlash, hosildorlikni
oshirish, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash jarayonlari bilan
yaqindan tanishdilar.
Delegatsiya aʼzolari misrlik mutaxassislar bilan suv tejamkor
texnologiyalarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash, ozuqa
ekinlari va moyli ekinlar yetishtirishda samaradorlikni oshirish bo‘yicha fikr
almashdilar.
Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
18 09 2026 / 12:32