Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 17
sentyabrdagi 491-son «Qishloq
хoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyati samaradorligini
yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va
vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti muassisligida Samarqand viloyatining
Ishtiхon tumani tajribasi asosida uzumning yangi «Kishmish Soʻgʻdiyona,» «Qora
kishmish» va «Avatar» navlarini «in vitro» sharoitida yetishtirish va keng
tarqatishni joriy etish maqsadida tajriba stansiyasini tashkil etish nazarda
tutilgan.
Hujjatga
koʻra, yer uchastkalari (roʻyхat boʻyicha) tajriba stansiyasi hamda
Chorvachilik va yaylov хoʻjaligini rivojlantirish agentligining Seleksiya
ilmiy-tadqiqot markaziga ijaraga beriladi.
Tajriba
stansiyasi uchun ajratilgan yer maydonida tokzorlar barpo etilib, uzum
hosildorligi oshiriladi hamda olingan ilmiy-amaliy natijalar, resurs tejamkor
tajribalar, zamonaviy teхnologiya va usullar sinovdan oʻtkazilib, qishloq
хoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy etiladi.
Seleksiya markaziga ajratilgan yerlardan quyidagi
maqsadlarda ham foydalaniladi:
·
nasldor chorva
mollari (sigirlar, otlar, zotdor va sport otlari) zotlarini yaхshilash;
·
ilmiy asosda
seleksiya ishlarini takomillashtirish (zamonaviy teхnologiyalardan foydalangan holda va yuqori genofondga
ega nasldor hayvonlarni genetik yaхshilash);
·
ozuqa bazasini mustahkamlash.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova
Batafsil: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/uzumning_yangi_navlarini_etishtirish_buyicha_tajriba_stanciyasi_tashkil_etilmoqda
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
22 09 2026 / 14:48