Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

O‘zbekistonda birjada sotilgan paxtaning har tonnasiga 500 ming so‘mdan subsidiya beriladi



Ulashing :


O‘zbekistonda endi paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming so‘mdan subsidiya beriladi. O‘z yerida paxta yetishtirgan klasterlar esa gektariga 1,5 million so‘mdan subsidiya oladi.

O‘zbekistonda endi birjada paxta sotgan fermerga ham, uni xarid qilgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming so‘mdan subsidiya ajratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 24-sentabrdagi yig‘ilishda ma’lum qildi.

Shuningdek, o‘z yerida paxta yetishtirgan klasterlarga har gektar uchun 1,5 million so‘mdan subsidiya beriladi.

Tayyor mahsulot eksportchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun ularning xorijiy valyutadagi kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining 5 foizdan, milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha esa 14 foizdan oshgan qismi uch yil davomida kompensatsiya qilinishi bo‘yicha hisob-kitoblar kiritish topshirildi.

Bundan tashqari, marketplacye platformalari orqali sotilgan mahsulot qiymatining 3 foizini qaytarish masalasi yuzasidan takliflar tayyorlanadi.

Meva va sabzavotlar

Jalaquduq, Marhamat, Asaka va Andijon tumanlaridagi adir yerlarini iqtisodiy aylanmaga kiritish bo‘yicha ham yangi choralar belgilandi.

Buning uchun alohida “Agrostar” kompaniyasi tashkil etiladi. Kompaniya bahorgacha 4−5 ming gektar maydonga suv chiqarib, shaftoli, gilos, o‘rik va olxo‘ri kabi mevali sanoat bog‘larini barpo etishni boshlaydi. Bog‘lar uch yil davomida parvarish qilinib, keyinchalik aholiga tayyor holda taklif etiladi. Ushbu maqsadga 30 million dollar, adir yerlarga suv chiqarish uchun esa 200 milliard so‘m ajratiladi.

Viloyatda yetishtirilayotgan meva-sabzavotning hozircha 16 foizi qayta ishlanayotgani qayd etildi. Kichik uskunalarni aholiga lizing asosida berish va tuman brendlarini yaratish orqali qayta ishlash ulushini 30 foizga, eksportni esa 500 million dollarga yetkazish mumkinligi ta’kidlandi.

Bu yo‘nalishda “gektardan — maksimal qiymat” tamoyiliga o‘tiladi. Kichik qayta ishlash uskunalarini lizingga berish uchun 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Baliqchi tumanida 5 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxona loyihasini respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etish belgilandi.

Buning uchun jami 300 milliard so‘m ajratiladi. Shundan 50 milliard so‘m Andijon viloyatiga yo‘naltiriladi.

gazeta.uz


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

25 09 2026 / 10:22