O‘zbekistonlik o‘rta tibbiyot xodimlari Globogate dasturi doirasida
Germaniya klinikalarida ishlash uchun taklif etilmoqda. Loyiha doirasida 800
ta bo‘sh ish o‘rni ajratilgan. Bu haqda Migratsiya agentligining
“Xorijda ish” Telegram kanalida xabar berildi.
Dastur ishtirokchilari
Germaniyada ishlashdan oldin 10 oylik bepul nemis tili kurslarida tahsil oladi.
Ularning o‘qishi davomida stipendiya, turar joy va B2 darajali til
sertifikatini olish xarajatlari qoplanadi.
Shuningdek, hujjatlarni
tarjima qilish va Germaniyada tasdiqlatish, viza va aviachipta
xarajatlari hamda aeroportdan ish joyigacha transfer dastur doirasida bepul
amalga oshiriladi.
Nomzodlar 20−36 yoshda, uch
yillik tibbiyot kolleji diplomiga ega, sudlanmagan va sog‘lom bo‘lishi,
shuningdek, 10 oylik nemis tili kurslarida o‘qishga tayyor bo‘lishi kerak.
Dasturga ikki bosqichli tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar qabul
qilinadi.
Germaniyada ishlash
vaqti haftasiga o‘rtacha 39 soatni tashkil etadi. Sinov muddati uch oy.
Dastlabki maosh 1900 yevroni (2010 dollar), kasb tan olingandan keyin esa 2500
yevroni (2650 dollar) tashkil qilishi ko‘rsatilgan.
Dasturda ishtirok etish uchun
15-dekabrga qadar ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1282
raqamiga murojaat qilish mumkin.
gazeta.uz
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
25 09 2026 / 13:55