Prezident farmoniga muvofiq, I tarif guruhi iste’molchilari uchun elektr energiyasi
tariflarini sutka davri bo‘yicha hisoblash tartibi o‘zgartiriladi.
Yangi tartibga ko‘ra, soat 09:00 dan 17:00 gacha bo‘lgan yarim tig‘iz davrda
elektr energiyasi uchun to‘lovda bazaviy tarifga nisbatan 1,5 baravar kamayuvchi
koeffitsient qo‘llaniladi. Bu amaldagi tarif bo‘yicha 1 kVt⋅soat uchun 1100 so‘mdan emas, 733 so‘mdan.
Tungi davrda — soat 22:00 dan 06:00 gacha bazaviy tarif amal qiladi.
Qayd etilishicha, yangi tartib
tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga kunduzgi vaqtda elektr energiyasidan
yanada qulay shartlarda foydalanib, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish uchun qo‘shimcha
imkoniyat yaratadi.
Eslatma: I tarif guruhiga asosiy
va zaxira elektr ta’minoti uchun ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan
yirik iste’molchilar kiradi.
kun.uz. D.Asqarov
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
28 09 2026 / 16:24