Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Fermerlarga subsidiya berish tartibi o‘zgaradi



Ulashing :



Natija bo‘lmasa, pul qaytarilishi mumkin


O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga subsidiya berish tizimi o‘zgarishi kutilmoqda. 2027 yildan «mablag‘ ajratish» modelidan «natijaviy subsidiya» modeliga bosqichma-bosqich o‘tish taklif qilindi. Bu haqida bugun Prezident huzurida o‘tgan yig‘inda aytilgan.


Yani davlat fermerning xarajatini shunchaki qoplab bermaydi. Subsidiyaning samarasi hosildorlik, suv va energiya tejamkorligi, sarflangan resurs evaziga olingan mahsulot hajmi bo‘yicha baholanadi.


Dastlab yangi tartib suv tejovchi texnologiyalarda sinab ko‘riladi. Subsidiya olgan xo‘jalikning natijalari 2–3 yil kuzatiladi. Belgilangan ko‘rsatkichlar bajarilmasa, subsidiya pulini qaytarish mexanizmi qo‘llanishi mumkin.


Har bir subsidiya oluvchining elektron pasporti yaratilib, ma’lumotlar davlat tizimlaridan avtomatik olinadi. Bu jarayonda inson omilini kamaytirish ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda agrar sohada 29 yo‘nalish bo‘yicha 91 turda subsidiya mavjud bo‘lib, 2026 yilda ularga 2,7 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgan.


Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi ham kengayadi. Bog‘ va uzumzorlardagi daraxtlar, import qilingan chorva, shuningdek, chorvachilik, polizchilik, kartoshka va piyoz etishtirish bilan bog‘liq xavflar uchun yangi sug‘urta mahsulotlari joriy etiladi.

2027 yilda 45 mingta qishloq xo‘jaligi korxonasini sug‘urtaga qamrab olish, mahsulotlarning sug‘urta qamrovini 60 foizga etkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, sug‘urta mukofotining 3–5 foizini vaksinatsiya, veterinariya, ekinlarni biologik himoya qilish va tabiiy ofatlarning oldini olish choralariga yo‘naltirish taklif etildi.


Hozircha yangi tartiblar taklif bosqichida. Prezident mutasaddilarga tegishli huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni
topshirdi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Uzdiplomat.uz


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

29 09 2026 / 15:47