O‘zbekistonda qurilish bozori jadal o‘zgarib bormoqda. Kerakli mahkamlash
buyumlari, qurilish qorishmalari yoki pardozlash materiallarini izlash soatlab vaqt
oladigan ochiq bozorlardagi tartibsiz savdo qatorlari o‘rnini zamonaviy savdo majmualari
egallamoqda. Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ekobozor yaqinida joylashgan
Pavilion savdo-qurilish majmuasi ham ushbu yo‘nalishdagi loyihalardan biridir.
Qurilish materiallaridan ta’mirlash xizmatlarigacha: Toshkentdagi
Pavilion savdo-qurilish majmuasi nimalarni taklif etadi?
Umumiy maydoni 39 ming kvadrat metr, hududi esa 4,6 gektar bo‘lgan majmua
qurilish, ta’mirlash va interer uchun zarur mahsulot va xizmatlarni bir joyda jamlashga
mo‘ljallangan. Markazning me’moriy va funksional konsepsiyasida xaridorlar uchun
qulaylik, tezkorlik va mahsulotlardan foydalanish imkoniyati asosiy omillardan biri
sifatida ko‘zda tutilgan.
Pavilion savdo-qurilish majmuasida qurilish materiallarini xarid qilish bilan
bog‘liq bir nechta xizmatlar bir hududda jamlangan:
Mahsulotlar assortimenti.
Ixtisoslashgan do‘konlarda quruq qurilish qorishmalari, armatura, g‘isht va
gipsokartondan tortib, sanitariya-texnika mahsulotlari, yoritish uskunalari, bo‘yoq
materiallari, pol qoplamalari va dekor elementlarigacha bo‘lgan mahsulotlar mavjud.
Ombor va logistika.
Majmua hududidagi omborlar xarid qilingan mahsulotlarni bitim tuzilgan kunning
o‘zidayoq jo‘natish imkonini beradi. Bu etkazib berishni kutish vaqtini qisqartirishga
xizmat qiladi.
Ta’mirlash xizmatlari.
Majmua hududida ta’mirlash brigadalari, etkazib berish xizmati va boshqa servis-xizmatlar
faoliyat yuritadi. Ular xarid qilingan mahsulotlardan foydalanib, ta’mirlash ishlarini
tashkil etishda yordam beradi.
Transport va logistika.
Tashrif buyuruvchilar uchun 800 ta avtoulovga mo‘ljallangan bir sathli avtoturargoh
mavjud. Tijorat hamkorlari va yuk transporti uchun esa alohida kirish yo‘llari hamda
yuk tushirish hududlari ajratilgan.
Majmua infratuzilmasi.
Uch qavat bo‘ylab yopiq galereyalar, navigatsiya tizimi, iqlim nazorati va
tabiiy yoritish ko‘zda tutilgan. Bu do‘konlar o‘rtasida turli ob-havo sharoitlarida
harakatlanish imkonini beradi.
Majmua Temur Malik ko‘chasi 3A-uyda, CHimgan chorrahasi va Ekobozor mo‘ljalida
joylashgan. Lokatsiyaga Toshkent markazi, kichik halqa yo‘li orqali shaharning boshqa
hududlari, shuningdek, unga tutash tumanlaridan kelsa bo‘ladi.
Bundan tashqari, majmuadagi ijarachilarning rasmiy distribyutorlar va ishlab
chiqaruvchilar bilan bevosita ishlashi mahsulotlarni turli narx toifalarida tanlashga
sharoit hozirlaydi. Bu erda asosiy qurilish materiallaridan tortib, interer uchun
mo‘ljallangan mahsulotlargacha bo‘lgan variantlarni topish mumkin.
kun.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
08 10 2026 / 11:29