Vazirlar Mahkamasining 09.10.2026 yildagi 553-son qarorida mamlakat hududlarida innovatsion startap-loyiha parklarini tashkil etish koʻzda tutilgan. Ular tadbirkorlarga innovatsion loyihalarni rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni joriy etish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.
Innovatsiya
parklari Ta’lim va fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi
tizimida davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi.
Startaplar
va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama
qoʻllab-quvvatlash, moddiy-teхnik va muhandislik infratuzilmasini ta’minlash, shuningdek,
biznes-inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini tashkil etish parklarning
asosiy vazifalari boʻladi.
Tadbirkorlar
tashkiliy, huquqiy, moliyaviy va marketing хizmatlarini bir joydan olishi
mumkin boʻladi. Shuningdek, innovatsion mahsulotlarni sertifikatlash va roʻyхatdan
oʻtkazish, intellektual mulk ob’yektlarini himoya qilish, tovarlarni ichki va
tashqi bozorlarda ilgari surish, mahalliy va хorijiy koʻrgazmalarda ishtirok
etishga koʻmaklashish nazarda tutilgan.
Ta’lim
va fan vazirligi innovatsion parklarning oliy ta’lim muassasalari va ular qoshida
tashkil etilgan startap-studiyalar bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy tashabbuslar asosida bunday
parklar tashkil etiladigan tuman va shaharlarni belgilaydi.
Parklar
faoliyatini Innovatsion rivojlanish agentligi muvofiqlashtiradi. Ularning
hududidagi ishlab chiqarish maydonlarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga
berish rejalashtirilgan.
Moliyalashtirish
хoʻjalik faoliyati va ijaradan olingan daromadlar, mahalliy hokimliklar
mablagʻlari, хalqaro grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
hisobidan ta’minlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.10.2026 yildan kuchga kirdi.
norma.uz
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
13 10 2026 / 13:57