Oliy Majlis
huzuridagi jamoat fondi “Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va aholi
sog‘lig‘ini mustahkamlashda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish” mavzusida davlat
grantlarini ajratish uchun to‘rtinchi tanlovni
E’LON QILADI
Tanlovga nodavlat
notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni
nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi:
1. Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy
sportni keng targ‘ib etishda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini yuksaltirish.
2. Oilalar, mehnat jamoalari va hududlar
o‘rtasida musobaqalar o‘tkazishni tashkil etish.
3. Mahallalar, ta’lim-tarbiya va mehnat
jamoalarida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini, sanitariya-gigiyena qoidalarini targ‘ib
qilish.
4. “Sog‘lom ayol - buyuk kelajak” g‘oyasi
asosida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, jismoniy tarbiya
va sportni ommalashtirish.
5. Oilaviy ajrimlar, noqonuniy va erta
nikohlarning oldini olishda, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ijtimoiy sheriklikni
kuchaytirish.
6. Hududlarning sanitariya-ekologik
muhitini yaxshilashda, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ijtimoiy sheriklikning
ahamiyatini oshirish.
7. Aholining sanitariya-epidemiologik
osoyishtaligini ta’minlashda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini yo‘lga
quyish.
8. Favqulodda holatlarda aholiga birinchi
yordam ko‘rsatish, o‘zini-o‘zi himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.
9. Fuqarolarning sog‘lom va jismoniy
faolligini oshirish, piyoda hamda tibbiy turizmni targ‘ib qilish.
10. Aholini ish bilan band bo‘lmagan
qismini milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga jalb qilish.
11. OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda turizm
turlarini keng targ‘ib etish.
12. Hududlarda chiqindilarni ikkilamchi
qayta ishlash va tayyor mahsulot olishning innovatsion texnologiyalarini joriy qilishda
ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.
13. Aholining ekologik va tibbiy madaniyatini
yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda OAV rolini
oshirish.
Davlat granti
ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan
va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.
2. www.foundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat
granti loyihasi uchun ariza.
3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan nodavlat
notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyati boshqa institutining Ustavi (Nizomi)
hamda guvohnomasining nusxalari.
4. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa,
unda litsenziyaning nusxasi.
5. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash
xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori –40 million so‘mgacha.
Hujjatlar 2021 yil 25 avgustidan -28
sentabrigacha qabul qilinadi.
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi”
orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha
qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va
namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb-saytida
tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
10 09 2021 / 12:24