Hujjat bilan qonunchilik talablarini buzgan хoʻjalik yurituvchi
sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek
bunday huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin хoʻjalik faoliyatini tezda
tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ortiqcha ma’muriy tartib-taomillar
bartaraf etildi.
Xususan, Qonun Iqtisodiy protsessual kodeksga banklardagi hisobvaraqlar
boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turish tarzidagi huquqiy ta’sir chorasini
qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar soniga taalluqli
oʻzgartirishlar kiritadi.
Bundan tashqari, Soliq kodeksiga, agar хoʻjalik yurituvchi
sub’yekt soliq organining uning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha
operatsiyalarni toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi qaroriga nisbatan e’tiroz
bildirsa, ushbu huquqiy ta’sir chorasini qoʻllashning sudda koʻrib chiqilishi
tartibini, shuningdek ushbu operatsiyalarni toʻхtatib turish uchun asos boʻlgan
holatlar bartaraf etilgach chiqarilgan qarorni bekor qilishni nazarda tutuvchi
oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Qayd etilishicha, Qonun bank hisobvaraqlari blokirovka qilingan
хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning imkoniyatlarini cheklaydigan
tartib-taomillarni bartaraf etishga, shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar
faoliyatining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 21.10.2026 yildan kuchga kirdi.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
23 10 2026 / 11:13