Perm o‘lkasi tadbirkorlari O‘zbekistonda
O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash,
investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish
yo‘lidagi muhim qadam.
2026 yil 19–23 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Perm o‘lkasidan «Edinaya
Rossiya» partiyasi vakillari hamda «Delovaya Rossiya» umumrossiya jamoat tashkilotining
Perm o‘lkasi mintaqaviy bo‘linmasi vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga
tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini yanada mustahkamlash,
tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni rivojlantirish va o‘zaro manfaatli
iqtisodiy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochishga qaratildi.
|
Tashrifning asosiy maqsadi - O‘zbekiston
va Rossiya Federatsiyasining Perm o‘lkasi tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni
kengaytirish, investitsiyaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish
va texnologiyalar sohasidagi aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, kelgusida
amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalarni muhokama qilishdan iborat. Tashrifning ilk uchrashuvi joriy yilning 20 sanasida
O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazida bo‘lib
o‘tdi. Uchrashuvda taraflar tadbirkorlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish,
ikki hudud ishbilarmonlari o‘rtasida barqaror aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro
manfaatli loyihalarni amalga oshirish va investitsiyaviy imkoniyatlardan samarali
foydalanish masalalarini muhokama qildilar. Muloqot jarayonida
O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda «Delovaya
Rossiya» jamoat tashkilotining Perm o‘lkasi mintaqaviy bo‘limi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. |
Ma’lumot uchun: «Delovaya Rossiya» umumrossiya jamoat tashkiloti
2001 yilda tashkil topgan bo‘lib Rossiyadagi xomashyo bilan bog‘liq
bo‘lmagan xususiy biznes manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi
umumrossiya jamoat tashkilotidir. Rossiyaning 89 ta hududida 10 mingdan ortiq
tadbirkorni birlashtiradi. Asosiy maqsadi:
Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish va
xomashyo bilan bog‘liq bo‘lmagan iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash.
«Delovaya Rossiya» umumrossiya
jamoat tashkilotining Perm o‘lkasidagi mintaqaviy bo‘linmasi – Perm o‘lkasining xomashyo
bilan bog‘liq bo‘lmagan iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarni
birlashtirgan yirik biznes hamjamiyatidir. U sanoat, qurilish va ko‘chmas mulkni
rivojlantirish, axborot texnologiyalari, aktivlarni boshqarish kabi sohalarni
qamrab oladi.
Perm bo‘limi tadbirkorlar manfaatlarini
himoya qilish, davlat organlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda hududning
investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga ko‘maklashadi. Ichki baholash natijalariga
ko‘ra, tashkilot Rossiyadagi barcha mintaqaviy bo‘limlar orasida 3-o‘rinni egallaydi.
Perm bo‘limi umumrossiya miqyosidagi
iqtisodiy jarayonlarda ham faol ishtirok etadi. Jumladan, bo‘lim vakillari Rossiya
Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy kengashni yangilangan shaklda qayta
tashkil etish taklifini ilgari surgan. |
Ishonchdan amaliy hamkorlik sari
MEMORANDUM ikki tomon o‘rtasida uzoq muddatli, tizimli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni
yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Unda ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, tadbirkorlik
sohasidagi bilim va tajriba almashish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash,
investitsiyaviy hamda texnologik hamkorlikni kengaytirish, biznes-forumlar, konferensiyalar,
davra suhbatlari va maslahatlashuvlar tashkil etish kabi muhim yo‘nalishlar nazarda
tutilgan.
Shuningdek, memorandum doirasida har ikki taraf o‘z tomonidan ishbilarmon delegatsiyalar
almashinuvini tashkil etish, tadbirkorlikka oid axborot bilan o‘rtoqlashish, istiqbolli
sheriklarni topish va qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga ko‘maklashish e’tiborgan
olindi.
Memorandumning ahamiyati shundaki, u ikki tomon tadbirkorlari o‘rtasidagi muloqotni
muntazam yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni aniq tashabbuslar bilan boyitish uchun tashkiliy
asos yaratadi.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
26 10 2026 / 14:22