28.11.2026
ЦБ Узбекистан
1 USD = 12017.70
1 RUB = 146.39
O’zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazining Toshkent shahar bo‘limi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi “Intercontinental hotel”da “O’zbekiston – 2030” strategiyasining hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy- joy bilan ta’minlash darajasini oshirish (60-maqsad) borasida belgilangan vazifalar bajarilishini muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.Tadbirni mazkur tashkilot xodimlari hamda tilga olingan yo‘nalishdagi ...
Joriy yilda BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPYeKA) ta’sis etilganiga 25 yil to‘ldi. Aytish joizki, SPYeKA 1998 yil 26 mart kuni Markaziy Osiyo prezidentlari, shuningdek, BMT Yevropa iqtisodiyoti komissiyasi hamda Osiyo va Tinch okeani uchun BMT Iqtisodiyoti komissiyalari ijrochi kotiblari tomonidan imzolangan Toshkent deklaratsiyasi bilan ta’sis etilgan.Dasturning asosiy ...
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.Unda tomonlar o‘zaro hamkorlik munosabatlari, erishilgan natijalar va kelgusi rejalar haqida so‘z yuritdi.Uchrashuvda Jahon bankining 2024 moliya yiliga mo‘ljallangan ...
Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosati darajasidagi masala hisoblanadi. Bu borada esa tadbirkorlik, xususan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda.Senat yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi qonun bilan oilaviy tadbirkorlikka yangi imkoniyat berilmoqda.Qonunda oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga mehnat shartnomasini tuzgan holda besh ...
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Buxoro viloyati tuman va shahar Kengashlari huzurida tashkil etilgan ishchi guruhlari tomonidan joylarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir amalga oshirib kelinayotgan ishlar jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganib chiqildi.Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishida ushbu ...
Tadbirkorlikning asosini moliyaviy manbalar tashkil qiladi. Boshqacha aytganda xarajatsiz harakat nolga teng. Har bir tadbirkor borki, o‘z biznesini rivojlantirish uchun unga pul kerak.Davlat uchun tadbirkorlar qancha rivojlansa va yiriklashsa, shuncha yaxshi. Shu sababli mamlakatimizda tadbirkorlarni moliyaviy manba bilan ta’minlash asosiy vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi aynan shu ...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriKichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, jumladan, aholida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning biznes tashabbuslarini moliyalashtirish va loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha yaxlit tizim joriy etish maqsadida:1. Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishнинг quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilansin:aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini o‘qitish orqali ularning biznes tashabbuslarini moliyaviy ...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron 1-2 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi.O‘zbekiston va Fransiya. Bu ikki mamlakatni bir necha ming kilometr masofa ajratib tursa-da savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalar tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Xususan, Sohibqiron Amir Temur Fransiya qiroli Sharl VI bilan maktub ...
Bugungi kunda xalqaro munosabatlar davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumki, O‘zbekiston va Xitoy munosabati qadim tarixga ega. Har ikki xalq uzoq o‘tmishga borib taqaladigan boy tarixiy merosga ega.Buyuk Ipak yo‘li kabi savdo yo‘llari azaldan mintaqalarni birlashtirib turgan. Bu yo‘l tinchlik, Sharq va G‘arb o‘rtasidagi hamkorlik, ochiqlik ramzidir. Shundan ...
Qarshi shahrida 25 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.Dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgani, befarqlik, o‘zibo‘larchilik kayfiyati bilan rivojlanib bo‘lmasligi ta’kidlandi.– Mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va kelajagi uchun yangi korxonalar, yangi bozorlar, investitsiya, ish o‘rinlari, katta-katta tushumlar kerak. Jahon bozoridagi tebranishlar, hamkor davlatlardagi ...
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida joriy yilning 9 oyida erishilgan iqtisodiy natijalar, yil yakunigacha kutilayotgan ko‘rsatkichlar va 2024 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozlar muhokama qilindi.Joriy yilning 9 oyida mamlakatimiz iqtisodiyoti 5,8 foizga o‘sdi. Jumladan, sanoat 5,7 foiz, qishloq xo‘jaligi 4,1 foiz, xizmatlar 12,1 foizga oshdi.Jahon bozorlari va logistikadagi murakkabliklarga qaramay, eksport 23,5 ...
O’zLiDeP partiya faoliyatining yo‘nalishlaridan biri xalq diplomatiyasi tamoyillarini rivojlantirish nuqtai nazaridan partiyalararo hamkorlikni kengaytirishdan iborat. Bugungi kunda O’zLiDeP partiyalararo hamkorlik doirasida ham partiyalararo tashkilotlar, ham bevosita horijiy partiyalar bilan izchil ishlarni davom ettirmoqda.Shu yilning 13 oktabr kuni O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida Vetnam Kommunistik partiyasi Xalqaro bo‘lim mudirining birinchi o‘rinbosari ...