Global ekologik jamg‘armasining “Qishloq xo‘jaligini
barqarorlashtirish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish” grant loyihasi doirasida
o‘tkazilgan o‘quv seminarlari haqida ma’lumot
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish Agentligi bilan
2016 yil 13 mayda imzolangan GEF/SQS/12 UZ - sonli shartnomaga muvofiq O‘zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash
Markazi tomonidan 15-23
iyun kunlari Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo
va Toshkent viloyatlarining
7 ta ko‘rgazma maydonlarida amaliy o‘quv seminarlari o‘tkazildi.
Amaliy
o‘quv seminarlari “Zamonaviy sug‘orish tajribalarini
va texnologiyalarini kengaytirish va undan foydalanish” mavzusida o‘tkazildi.
Unda loyiha viloyatlaridagi
ko‘rgazma maydonlari yaqinida auditoriya va qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlari
orasidan tanlangan 7 ta markazda quyidagi mavzular yoritildi:
1.
Tomchilatib sug‘orish
tizimlarining rivojlanish tarixi, xususiyatlari
va uni dehqonchilikda qo‘llashning afzalliklari;
2.
Tomchilatib sug‘orish tizimi va uning tarkibiy
qismlari;
3.
Tomchilatib sug‘orish tizimini loyihalash;
4.
Tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalanish. Tomchilatib
sug‘orish tizimini ishlatishda xavfsizlik texnikasi talablari;
5.
Grant mablag‘larini
berish tartiblari;
6.
Bolalar va majburiy
mehnatdan foydalanishga qarshi kurash bo‘yicha milliy me’yoriy hujjatlarining hayotiylashishi
–davr talabi. Gender tengligi to‘g‘risida.
Ma’ruzada
tomchilatib
sug‘orish tizimining xususiyatlari va uni dehqonchilikda qo‘llashning afzalliklari,
o‘ziga xos jihatlari, tomchilatib sug‘orishni qo‘llash sharoitlari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, dehqon va fermerlarga ma’ruzada tomchilatib
sug‘orish tizimini qurish, ishga tushirish va undan foydalanish o‘rgatildi.
Ma’ruzaning ikkinchi qismida Global ekologik jamg‘armasining
“Qishloq xo‘jaligini barqarorlashtirish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish”
grant loyihasi doirasida beriladigan grant mablag‘larni ajratilishining umumiy talablari,
biznes-reja tayyorlash, loyiha hujjatlarini tayyorlash va taqdim qilish bo‘yicha
to‘liq ma’lumotlar berildi. Amaliy o‘quv seminarlarida “Bolalar va majburiy mehnatdan foydalanishga
qarshi kurashish bo‘yicha Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalariga, milliy
me’yoriy-huquqiy hujjatlarga hamda Gender tenglikka amal qilish” mavzusi bo‘yicha
bolalar mehnatidan foydalanish va majburiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha Xalqaro
mehnat tashkilotining konvensiyalari, milliy-me’yoriy hujjatlar o‘rgatildi.
Ma’ruza davomida bolalar va majburiy mehnatdan
foydalanishga qarshi kurashish muammosini yoritishdan maqsad dehqon, fermer xo‘jaliklari
vakillari, qishloq xo‘jaligi sohasidagi korxonalar xodimlari hamda o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalarining huquqiy savodxonligini oshirish,
madaniyati, ongini yanada takomillashtirishdan iborat ekanligi ayon bo‘ldi.
O‘zbekistonda ratifikatsiya qilingan konvensiyalar
mahalliy shart-sharoitlar, millatning turmush tarzi, o‘tish davriga xos bo‘lgan
jihatlarini, xalqimizning xohish irodasini hisobga olgan holda milliy-me’yoriy hujjatlar
bilan yanada boyitilgan holda hayotga tadbiq etilayotgani ta’kidlandi.
15 01 2021 / 13:58