Global
ekologik jamg‘armasining “Qishloq xo‘jaligini barqarorlashtirish va iqlim o‘zgarishi
oqibatlarini yumshatish” grant loyihasi doirasida loyiha viloyatlarida o‘tkazilgan
o‘quv seminarlari haqida ma’lumot
O‘zbekiston
tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash Markazi tomonidan Qishloq xo‘jaligi
korxonalarini tarkibiy qayta tuzish Agentligi bilan tuzilgan GEF/SQS/12 UZ - sonli
shartnomaga muvofiq Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro,
Andijon, Farg‘ona viloyatlarida 4 noyabrdan 17 dekabrgacha 30 ta o‘quv seminarlari
o‘tkazildi. O‘quv seminarlari «Qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan foydalanishda qo‘llaniladigan texnologiyalarni aniqlash va
tanlash» mavzusida o‘tkazilib, unda fermer xo‘jaliklarining rahbarlari va xodimlarini
qayta tiklanuvchi energiya manbalari texnologiyalaridan respublikamiz va xorijda
foydalanish holati, O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan
qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan
energetik qurilmalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni topish va uskunalarni tanlash
bilan bog‘liq masalalar yoritildi. SHu nuqtai nazardan, ma’ruzalarda qayta tiklanadigan
energiya manbalari turlari va resurslari, ulardan foydalanishda qo‘llaniladigan
texnologiya va uskunalar haqida, xususan bugungi kunda keng ko‘lamda qo‘llash imkoniyati
yuqori bo‘lgan quyosh energiyasidan foydalanish uskunalari, biomassadan foydalanish
texnologiyalari, shamol energiyasidan foydalanish imoniyati hamda zamonaviy asbob-uskuna
va texnologiyalarni tanlash masalalari keng yoritildi. Ta’kidlash joizki, an’anaviy
yoqilg‘ini tejash maqsadida qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan unumli foydalanish
usullarini amaliyotga tatbiq etish, ekologik toza energiya manbalaridan keng foydalanishni
amalga oshirishni rivojlantirish uchun biogazli qurilmalar qurilishi uchun mamlakatimizning
salohiyatli viloyatlaridan biri sifatida e’tirof etildi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda
faoliyat yuritib kelayotgan chorva fermalarida va dehqon-fermer xo‘jaliklardagi mavjud qoramollar,
parranda, cho‘chqa, qo‘y-echkilar ulardan bir yilda hosil bo‘layotgan chiqindilarining
hajmi 100 mln. m3 ni tashkil etishi, ushbu ko‘rsatkich respublikamizda biogaz energetikasini
rivojlantirish imkoniyatlari yuqori ekanligini va ularning yiliga potensial imkoniyati
8,9 mlrd m3 hajmda biogaz olishni ta’minlashi haqida ma’lumot berildi. Bu esa Respublikani
energetik resurslarga bo‘lgan ehtiyojini 10% qoplashi imkoniyati mavjudligi tushuntirib
o‘tildi. Biogaz qurilma chorvachilik hamda parrandachilik fermer xo‘jaliklari faoliyatini
rivojlantirish, issiqlik energiyasi, elektr energiyasi olish, aholi xonadonlarining
elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash imkoniyatiga ega bo‘lishini, bundan
tashqari yuqori sifatli mineral o‘g‘itlarni olish bilan qishloq xo‘jaligi ekinlarining
hosildorligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi tinglovchilarga o‘rgatildi. Elektr
energiyasini uzatish tarmoqlaridan uzoq masofada amalga oshiriladigan, elektr energiyasisiz
bajarib bo‘lmaydigan sug‘orish usullari va texnologiyalari energiya ta’minotida
muqobil energetika turini qo‘llashni taqozo etadi. Ayniqsa, chorvachilik va parrandachilik,
meva, uzumchilik hamda poliz va sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining
elektr energiyasi iste’moli bilan bog‘liq suv ko‘tarish va sug‘orish tizimlarida
energiya ta’minotini echimi o‘ta muhim hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilishda
tejamkor agrotexnikalardan, sug‘orish tizimlari va vositalaridan foydalanishga alohida
e’tibor berish lozimligi ta’kidlandi. Bu o‘z navbatida quyosh energiyasi yordamida
quduqlardan suv chiqarish texnologiyasi tinglovchilarda katta qiziqish o‘yg‘otdi.
O‘quv seminari ishtirokchilariga biogaz qurilmalari, quyosh energiyasi yordamida
suvni isitish kollektorlari, quyosh energiyasi yordamida quduqlardan suv chiqarish
tizimlari va energiya tejamkor sug‘orish nasoslari bo‘yicha etkazib beruvchi tashkilotlar
haqida to‘liq ma’lumot berdi va ularni xarid qilishda nimalarga e’tibor berilishi
haqida tushunchalar berildi.
18 01 2021 / 12:39