O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat
notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash
Jamoat fondining «Yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga,
band bo‘lmagan ishsiz yoshlarni foydali mehnat faoliyatiga o‘rgatish
va bandligini ta’minlashga ko‘maklashish» mavzusidagi grant loyihasi
- “Yosh tadbirkor-elga madadkor” loyihasida asosiy maqsad va vazifa sifatida yoshlarning
tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishlarini kuchaytirish, Toshkent shahridagi oliy va
o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish, band bo‘lmagan ishsiz yoshlarni foydali mehnat faoliyatiga o‘rgatish,
ularning bandligini ta’minlash, ishbilarmon,
tadbirkor yoshlar safini kengaytirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash kabi
masalalar belgilab olindi;
- Toshkent shahrida
loyihani o‘tkazish bo‘yicha tumanlarda o‘kuv seminarlarini samarali o‘tkazish maqsadida loyiha hamkori sifatida
jalb etilgan tashkiliy qo‘mita a’zolari, xususan, Agrobank, Mikrokreditbank, Milliybank,
Asakabank, Ipotekabank, Xalkbanki, Mahalla jamg‘armasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat
palatasi, O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi hamda
Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan yaqin hamkorlik o‘rnatildi;
- Toshkent shahri tumanlarida
loyihaning taqdimot marosimlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar bilan 1000 nafardan
ortiq ishtirokchilar qamrab olindi.
- Loyihani amalga oshirish jarayonida
O‘zbekiston Respublikasining YOshlar siyosatiga oid davlat siyosati, Oilaviy tadbirkorlik
to‘g‘risidagi qonunlari va tegishli qonunosti hujjatlari ijrosini ta’minlashda huquqni
qo‘llash amaliyoti yuzasidan uzluksiz jamoatchilik nazoratini olib borishga, joylarda
oilaviy, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishda mavjud, lekin etarlicha e’tibor qaratilmayotgan imkoniyat va resurslarni
harakatga keltirishga, ulardan unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratildi;
- Jami ishtirokchilar quyidagi 20 dan ziyod
yo‘nalish bo‘yicha loyihada ishtirok etdilar:
a)oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarish sohasida: makaron ishlab chiqarish, qandolatchilik, novvoylik,
qolipli non va non mahsulotlari ishlab chiqarish, ho‘l mevalarni saqlash va qayta
ishlash;
b)xizmat ko‘rsatish
sohasida: tikuvchilik va modeler dizaynerlik,
internet va kompyuter xizmatlari,
fotostudiya;
v)hunarmandlik yo‘nalishida: duradgorlik, kashtachilik va zardo‘zlik, to‘quvchilik;
g)ishlab chiqarish
va savdo sohasida: savdo-sotiq, mebelsozlik, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish.
- “Yosh tadbirkor-elga
madadkor” loyihasi doirasida Toshkent shahrining
barcha tumanlarida o‘quv seminarlari tashkil etildi;
- Loyiha doirasida
Toshkent shahri tumanlaridan ishtirok etgan 100 nafar talabgordan 45 nafarining biznes-rejasi moliyalashtirilishi maqsadga muvofiq
deb topildi. Yakuniy bosqichda 8 nafar ishtirokchiga qiymati 280 mln. so‘m miqdorida
kredit mablag‘lari taqdim etilib, 45 dan ortiq yangi va qo‘shimcha ish o‘rinlari
yaratildi. Joriy yil oxirigacha qolgan ishtirokchilarning ham biznes-rejalarining
moliyalashtirilishi monitoring qilib boriladi va moliyalashtirish natijasida
100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.
“Yosh tadbirkor-elga
madadkor” loyihasi yoshlar tomonidan yaratilayotgan
innovatsion loyihalarni xususiy sektor faoliyatiga keng jalb kilishga, ularning intellektual
salohiyatini yuksaltirishga, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari,
g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Ayni paytda joylarda
band bo‘lmagan ishsiz yoshlarni foydali mehnat faoliyatiga o‘rgatishda, bandligini
ta’minlashda, yoshlarni oilaviy tadbirkorlikka jalb kilish, biznesni tashkil etish
va yuritish borasida hal etilishi lozim bo‘lgan bir qator muammolar mavjud. SHu
sababli loyihani yanada kengaytirish va davlatning ijtimoiy buyurtmasi ko‘rinishiga
keltirish maqsadga muvofiqdir.
18 01 2021 / 13:43