“Diplom bilan biznesga” loyihasida asosiy
maqsad va vazifa sifatida Toshkent viloyatida
yoshlarga, eng avvalo,
qishloq joylardagi kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilariga
alohida e’tibor qaratgan holda ularni tadbirkorlik bilan band bo‘lishga jalb
qilish, ularning oilaviy biznesni rivojlantirishga qaratilgan ishlarini
kuchaytirish orqali milliy biznes
va yalpi milliy mahsulotning o‘sishi, aholi bandligi, turmush darajasi va uning
yashash tarzi sifatini ta’minlashga ko‘maklashish kabi masalalar belgilab
olindi.
2018
yil – “Faol tadbirkorlik,
innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat
dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va loyihani keng aholi
qatlamlari orasida ommalashtirish maqsadida O’zLiDeP,O‘zbekiston Savdo sanoat
palatasi Ijroiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Fermer, dehqon va tomorqa er egalari
Kengashi hamda etakchi tijorat banklari “Agrobank”, “Mikrokreditbank”,
“Qishloqqurilishbank”, “Asakabank”, “Milliybank”, Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda
amalga oshirildi.
“Diplom
bilan biznesga” loyiha ishtirokchilari - oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar
kollejlari bitiruvchilari uchun
“Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va oilaviy biznesni
rivojlantirish bo‘yicha amaliy qo‘llanma”
ishlab chiqildi va tarqatildi. “Diplom bilan biznesga” loyihasi doirasida “Mamlakatda kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik hamda oilaviy tadbirkorlikning turmush farovonligini
yanada oshirishda tutgan o‘rni haqida jamoatchilik fikri” mavzusida loyiha
ishtirokchilari o‘rtasida sotsiologik so‘rov o‘tkazildi.
Toshkent
viloyati bo‘yicha tuman (shahar) saralash bosqichida ishtirok etgan 120 nafar
talabgordan 55 nafari hududiy bosqichga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi. Ularning
deyarli barchasining biznes-rejalari moliyalashtirilishi maqsadga muvofiq deb
topildi. Yаkuniy bosqichda 6 ta ishtirokchiga qiymati 389 mln. so‘mlik kredit
mablag‘lari taqdim etilib, 100 dan ortiq yangi va qo‘shimcha ish o‘rinlari
yaratildi.
19 01 2021 / 9:32