Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI TARAQQIYOTI JAMG‘ARMASI ISHTIROKIDAGI “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MEVA-SABZAVOTCHILIK TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH” LOYIHASI

Ulashing :

«Meva-sabzavotchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasini qo‘llab-quvvatlash» komponenti bo‘yicha Surxondaryda o‘tkazilgan trening-seminarlar

O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi mazkur loyihada konsultant sifatida 2 bosqichda - 2018 yilning 19 aprel-2 may kunlari hamda 6-19 avgust kunlari Surxondaryoning Sherobod, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy, Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida quyidagi 4 ta katta mavzuda o‘qishlar o‘tkazdi: ”Zamonaviy intensiv bog‘ va tokzorlar yaratishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash”, “Surxondaryo viloyatida subtropik va sitrus ekinlarini etishtirish”, “Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar”, “YAngi uzilgan va qayta ishlangan mahsulotlarni sotish bozorlari (ichki va tashqi bozorlari)dagi marketing izlanishlar hamda ularning keyingi eksportining yo‘l xaritasi”.

Ma’ruzalarda dastlab intensiv bog‘ va tokzorlar yaratishning xususiyatlari va uning dehqonchilikdagi afzalliklari, zamonaviy intensiv usulda olma, nok, shaftoli va uzum bog‘larini tashkil etish va ularning turlari, olma va nokning pakana va yarim pakana turlarini tuproq-iqlim sharoitiga qarab tanlab olish, yangi olma navlari va ularning xususiyatlari, bog‘ uchun er tayyorlash va hududini tashkil etish, bog‘larda meva daraxtlarini joylashtirish usuli, er tayyorlash va bog‘ tashkil etish, intensiv olma va nok bog‘lariga shakl berishning yangi usullari, bog‘ va tokzorlarni sug‘orish va o‘g‘itlash, intensiv usuldagi bog‘ va tokzorlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash haqida ma’lumot berildi. Fermer va dexqon xo‘jaliklari rahbarlariga meva va uzum etishtirish bo‘yicha ilg‘or mamlakatlardan hisoblangan AQSh, Chili, Janubiy Afrika, Misr, Turkiya, Ispaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlarning shu sohadagi bilim va tajribalari ko‘rsatildi va kerakli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, sifatli meva etishtirish uchun hozirgi kunda Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlarida ommalashgan olma, nok, uzum va anorning har bir dona mevasiga maxsus mevalarga kiygiziladigan himoya qilish xaltachalari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, 1-bosqich o‘qishlarda subtropik va sitrus ekinlarini etishtirish imkoniyatlari, xurmo, anor, anjir etishtirish, uning ahamiyati, tavsiya qilinadigan navlari, parvarishi, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, iqtisodiy samaradorligi, sitrus ekinlaridan limon, apelsin, greypfrut, mandarin etishtirish, parvarishlash usullari va uning iqtisodiy samaradorligini aniqlash kabi masalalar ko‘rildi.

Bundan tashqari, dehqon va fermerlarga ma’ruzada tomchilatib sug‘orish tizimini qurish, ishga tushirish va undan foydalanish haqida ham keng ma’lumot berildi.

2-bosqich treninglarda Surxondaryo sharoitida xom ashyoning pishib etilish davridagi sifat ko‘rsatkichlari, sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari va mahsulotlarni terishga tayyorlash, xom ashyo va tayyor mahsulotlarni qadoqlashda innovatsion idishlar va qadoqlash materiallaridan foydalanish, mahsulot turiga qarab saqlashda qo‘llaniladigan vaqtinchalik omborlar va zamonaviy sovutgichlar, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplari, jadal muzlatish texnologiyasi, texnik vositalari va ularning ishlash prinsipi, meva-sabzavotlarni qayta ishlab, sharbat ishlab chiqarish texnologiyasi va tayyor mahsulotning eksport xususiyatlarini ta’minlovchi qadoqlash idishlari va materiallari, meva-sabzavotlar va uzumni quritish texnologiyasi,qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida qo‘llaniladigan xalqaro standartlarni o‘rganish va qo‘llash usullari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tinglovchilarga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari sotilish bozorlaridagi marketing izlanishlarning roli va ahamiyati, meva-sabzavot mahsulotlari sotilish bozorlaridagi marketing izlanishlar usullari bo‘yicha normativ va uslubiy materiallar, marketing izlanishlarni olib borishning zamonaviy usullari, bozorning maksimal darajada daromad olish maqsadidagi majmuaviy tahlili, ichki va tashqi bozorlarni, ularning salohiyati va rivojlanish tendensiyalarini, savdo-sotiq faoliyatini tashkil etilishini o‘rganishning zamonaviy usullari, eksportga mo‘ljallangan mahsulotning logistikasi, sertifikatsiyasi hamda sifat va xavfsizlik bo‘yicha standartlari haqida eng so‘nggi ma’lumotlar taqdim etildi.

Tumanlarda o‘tkazilgan o‘quv seminarlarida Surxondaryodagi ko‘pgina fermer va dexqon xo‘jaliklar rahbarlarining hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda qanday qilib yanada samarali holda saqlash mumkinligi bo‘yicha tushunchalari etarli darajada emasligi ayon bo‘ldi. Mahsulotlarni etishtirish va saqlashda kasallik va zararkunandalarning oldini olish bo‘yicha bilim va tajribalari kamligi hamda ularning oldini olish bo‘yicha ishlar vaqtida bajarilmayotganligi aniq bo‘ldi. Hududlar bo‘ylab imkoni boricha mahsulotlarni sifatli saqlash va ularni eksportga yo‘naltirish bo‘yicha agronomik konsultatsiyalar markazlarini ochish bo‘yicha fermerlar tomonidan takliflar berildi. Bundan tashqari, dehqon va fermerlarga mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishda standartlash va sertifikatlashtirishning ahamiyati haqida keng ma’lumotlar berildi.

21 01 2021 / 14:53