“Meva-sabzavot
mahsulotlarini eksport qilish va logistikasini tashkil qilish” mavzusida barcha
viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan o‘quv seminarlari haqida
ma’lumot
O‘quv seminarlari
loyiha viloyatlari hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasining har birida 3 tadan tanlangan tuman va shaharlarda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishning
asosiy va potensial bozorlari, mahsulotlarni eksportga tayyorlashning namunaviy
tartibi va bosqichlari, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda tashqi ko‘rinish,
kalibrovka, sifat va qadoqlashga qo‘yiladigan talablar,eksportni qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha xizmatlar, xorijdan xaridorlarni izlash, muzokaralarni tashkil etish va
olib borish usullari, jo‘natilgan mahsulotga
kafolatlangan to‘lovni olish uchun eksport shartnomalarini tuzishga qo‘yiladigan
asosiy talablar, eksport shartnomasini vakolatli organlarda rasmiylashtirish tartibi,
eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini sertifikatlash va standartlashga
qo‘yiladigan milliy va xalqaro talablar, mahsulotni eksportga chiqarishning optimal
marshruti va transport turini tanlash, logistika tizimlari, mahsulotni eksportga
ortib jo‘natish, sug‘urtalash va bojxonada rasmiylashtirish tartibi kabi masalarni
o‘z ichiga oldi.
Loyihani
o‘tkazishdan maqsad - yurtimiz aholisini sifatli va mazali meva-sabzavot mahsulotlari
bilan ta’minlash, iste’moldan ortganini esa saqlash, qayta ishlash va eksport qilishning eng zamonaviy innovatsion usullarini fermer va
tadbirkorlarimizga o‘rgatishdan iborat edi.
O‘quv seminarlarining
birinchi kunida tashkil etilgan Amaliy muloqotlarda ishtirokchilarga Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish,
qayta ishlash va eksportini tashkil etishga doir qonun hujjatlarining takomillashuvi”
mavzusida, O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui
va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi mutaxassislari
tomonidan esa “Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokida
amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish
tartibi”, “Osiyo taraqqiyot
banki ishtirokidagi «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat
yaratish zanjirini rivojlantirish» loyihasida gender muvozanat” mavzularida ma’ruzalar
o‘qildi.
Ishtirokchilarga
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymatni yaratish zanjirini rivojlantirish” grant loyihasi doirasida
beriladigan grant mablag‘larini ajratilishining umumiy talablari, biznes-reja tayyorlash,
loyiha hujjatlarini tayyorlash va taqdim qilish bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi.
Gender tenglik haqidagi ma’lumotlar
tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ma’ruza davomida dehqon, fermer xo‘jaliklari
vakillari, qishloq xo‘jaligi sohasidagi korxonalar xodimlari hamda o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalarining huquqiy savodxonligini oshirish,
madaniyati, ongini yanada takomillashtirish zarurligi ayon bo‘ldi.
Tadbirning ikkinchi kunidagi amaliyot mashg‘ulotlarida
mazkur viloyatdagi meva-sabzavot etishtirish, saqlash, qayta ishlash, eksportga chiqarish va
logistikani tashkil qilish bo‘yicha tajribali, ilg‘or
eksportchi fermer xo‘jaliklari va korxonalarga
uyushtirilgan tashriflar juda samarali bo‘ldi.
O‘quv amaliyoti jarayonida qatnashchilar korxonaning intensiv
bog‘lari, ekin maydonlari, muzlatkichli omborlari bilan tanishtirilib, tajriba almashindi
hamda kerakli maslahatlar berildi. Omborlarda
dastlabki sovutish (prekuling) va shokli muzlatish (shokovaya zamorozka), vakuumli
sovutish usullari bo‘yicha meva-sabzavotlar saqlash, logistika markazining zamonaviy
saralash, kalibrlash va qadoqlash liniyalarining ishlashi tushuntirildi. Meva-sabzavotlarning
mikroklimatda bir necha oylar saqlanib, tashqi bozorlarga eksport qilinishi bilan
chuqurroq tanishgan tadbirkor va fermerlarga kreditlarning ajratilishidagi imtiyozlar
yana bir bor tushuntirildi. Amaliyot qatnashchilariga eksport va logistika sohasida
e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan asosiy masalalar xususida tavsiyalar berib borildi.
21 01 2021 / 17:07