“MULKDOR OILA” LOYIHANING VAZIFALARI:
-oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish (oilaviy
korxonani tashkil etish, yuritish, belgilangan imtiyoz va preferensiyalardan samarali
foydalanish) bilan bog‘liq huquqiy, iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy bilim va malakani oshirishga ko‘maklashish;
-oilaviy tadbirkorlik sohasiga tatbiq etish mumkin bo‘lgan
ilg‘or tajriba va innovatsiyalar (muqobil
energiya manbalari - biogaz, shamol va quyosh energiyalaridan foydalanish, zamonaviy
agrotexnik tadbirlar)ni hayotga joriy etish va ommalashtirish;
-oilaviy korxonalarning agrar soha sub’ektlari (dehqon
va fermer xo‘jaliklari, mashina-traktor parklari, yoqilg‘i, o‘g‘it, urug‘chilik,
mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullanadigan turli xil
korxonalar) bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
-loyihada
qatnashib, o‘z biznes-rejalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan va uni moliyalashtirish
uchun bank sertifikatini qo‘lga kiritgan ishtirokchilarning tadbirkorlik faoliyatini
muvaffaqiyatli yuritishlariga yaqindan amaliy ko‘maklashish, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish
maqsadida O’zLiDeP safidagi tajribali tadbirkor, fermer va xalq deputatlari mahalliy
kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi a’zolariga biriktirilishini ta’minlash;
Mazkur loyiha
2014-2018 yillarda muvaffaqiyatli amalga oshirildi 2015 yilda o‘tkazilgan
“Mulkdor oila” loyihasida Toshkent viloyati bo‘yicha tuman va shahar saralash
bosqichlarida ishtirok etgan 80 nafar talabgordan 40 nafari hududiy bosqichga
yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi. Ularning deyarli barchasining biznes-rejalari
moliyalashtirilishi maqsadga muvofiq deb topildi. Unda 12 nafar ishtirokchiga
qiymati 193 mln. so‘mlik kredit mablag‘lari taqdim etilib, 30 dan ortiq yangi
va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi. Joriy yil oxirigacha qolgan
ishtirokchilarning ham biznes-rejalarining moliyalashtirilishi monitoring qilib
borildi va moliyalashtirish natijasida 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari
yaratildi.