O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni
qo‘llab-quvvatlash markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini
qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi bilan ijtimoiy buyurtma ajratish bo‘yicha 2020
yil 10 avgustda tuzilgan OF-131-S3/20-sonli
shartnomaga muvofiq 2020 yil 10 avgust - 2021 yil 10 sentyabr kunlari
“Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish,
tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
sohasida davlat siyosatini shakllantirish hamda amalga oshirishda ishtirok
etish” loyihasini amalga
oshirdi.
Markaz Tadbirkorlik va fermerlik sub’ektlari
manfaatlariga doir yangi qonunlar loyihalarini, amaldagi qonun hujjatlari,
dasturlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishiga
ko‘maklashish hamda keng muhokamasini tashkillashtirish bo‘yicha
“Davlat - xususiy sherikchilik to‘g‘risida”gi, “Dehqon ho‘jaligi
to‘g‘risida”gi, «Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “O‘z-o‘zini tartibga
soluvchi tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun, “Tadbirkorlik faoliyati
erkinliklari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Tadbirkorlik” kodeksi
loyihalari ishlab chiqilishida hamda ayrim qonunlarga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili Biznes-Ombudsman, tegishli vazirliklar, O‘zbekiston
Liberal-demokratik partiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP
fraksiyasi, O‘zbekiston NNT Milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Tadqiqotlar markazi, turli ilmiy
tadqiqot muassasalari mutaxassislari, tadbirkorlar va fermerlar ishtirokida
muhokama-munozaralar o‘tkazildi. Bo‘lib o‘tgan tadbirlarda ishtirokchilar tomonidan Qonunlar va Kodeks
loyihalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi
qonunchilikka o‘zgartirish, qo‘shimchalarni va loyihaga kiritish bo‘yicha
bildirilgan takliflar Oliy Majlis qonunchilik palatasiga, Biznes-Ombudsmanga,
davlat tomonidan belgilangan mas’ul vazirliklarga yuborildi. Bildirilgan takliflarning ishlab
chiqilayotgan Qonunlar va Tadbirkorlik
kodeksi loyihasiga kiritilishi va hayotga
tadbiq etilishi tadbirkorlarning huquqlari va faoliyati erkinligi
kafolatlarini, ishbilarmonlar uchun sodda hamda ravon tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri
kuchga ega qonun hujjatida aniq belgilab berilishini ta’minlaydi hamda ularga
adolatli iqtisodiy va moliyaviy erkinlikni ta’minlovchi muhim asos yaratiladi.
Loyiha doirasida Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlarning amaliy hayotimizda yanada keng o‘rin
egallashi, bu soha uchun yangi imkoniyat, imtiyoz va preferensiyalar yaratib
berish va uning rivojini yanada yangi bosqichga ko‘tarish, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlarning jadal rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan, tadbirkorlik
faoliyati erkinligini cheklayotgan bir qator muammolarni doimiy ravishda
tizimli o‘rganib borish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan chiqish,
shuningdek, koronavirus pandemiyasi
davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, aholi
bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai bo‘lgan kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni yanada
rivojlantirish bo‘yicha joylarda yig‘ilib qolgan muammolarni o‘rganib,
hal etish choralarini ko‘rish maqsadida O‘zTFQM kengashi “Kichik biznes
jamoatchilik himoyasida” Muloqot forumini o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi.
SHuningdek, loyiha doirasida o‘z biznesini boshlamoqchi yoki kengaytirmoqchi
bo‘lgan tadbirkorlar, shuningdek, ayollar va yoshlar temir daftarlariga
kiritilgan aholining ishsiz qatlamlari uchun tashkil etilgan o‘quv
mashg‘ulotlari ham samarasiz ketmadi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda, Toshkent
shahrida tashkil etilgan o‘quv
kurslarida nazariy bilimlarni TDIU, TAU professor-o‘qituvchilari bergan
bo‘lsalar, soliq, biznes-reja tuzish, yangi korxona ochish kabi mavzularni
yoritishga bank, soliq, savdo-sanoat palatasi, bandlikka ko‘maklashish
markazlari mutaxassislari amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazdilar.
01 03 2022 / 14:25